RMC Sport xabariga ko‘ra, Fransiya terma jamoasi himoyachilari Lyuka Ernandes va Lyuka Din Yevro-2020 Portugaliyaga qarshi o‘yinda (2:2) jarohat olganliklari ma’lum bo‘ldi.
Asosiy tarkibdan o‘yinni boshlagan Ernandes tanaffus vaqtida almashtirilgandi. Uning o‘rnini egallagan Din ham 52-daqiqada maydonni erta tark etdi.
Eslatib o‘tamiz, 1/8 finalda Fransiya 28 iyun kuni Shveysariya bilan o‘ynaydi.