2020 yil oxirida "Atletiko" ustozi Diyego Simeone murabbiylik faoliyatida 2 ta muhim yutuqlarni qo‘lga kiritgan edi. Birinchisi, mutaxassis "matraschilar" boshida 500-o‘yinini o‘tkazgan bo‘lsa, ikkinchisi Madrid klubi tarixidagi eng yaxshi murabbiyga aylangandi. U 499 uchrashuvda 300 g‘alabaga erishdi. Shunday qilib, Simeone Luis Aragonesning rekordini yangiladi. Afsonaviy ispaniyalik uch yuz g‘alaba uchun 587 o‘yin o‘tkazdi. Qolaversa, ushbu mavsumda Simeone boshchiligidagi "matraschilar" La liga chempionligini qo‘lga kiritishdi.
Simeone 9 yildan beri "Atletiko"ning murabbiyi hisoblanadi. Shu vaqt ichida Diyego klubning ramziga aylandi desak ham bo‘ladi. Ammo "matraschilar" muxlislari haqida faqatgina murabbiy haqida gaplashishi mumkin emas. Madrid klubi tarixida boshqa, undan kam bo‘lmagan shaxslar ham bor. Ular o‘zlarining gollari bilan jamoaga g‘alaba keltirgan va "Atletiko"ni bir qancha musobaqalarda g‘alaba qozonishiga yordam berishgan. Demak, hozir biz sizlar bilan "Atletiko" jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar haqida suhbatlashamiz.
Radamel Falkao (70 ta gol)
Kolumbiyalik yulduz 2011 yilning avgustida "Atletiko" futbolchisiga aylandi. O‘shanda "matraschilar" hujumchi uchun juda katta pulni 40 million yevro to‘lashgandi. Falkao uchun, "Atletiko" Yevropadagi ikkinchi jamoasiga aylandi. Madrid jamoasi safiga o‘tishdan oldin, hujumchi "Portu" tarkibida 2 mavsumni o‘tkazgan. "Ajdarlar" futbolchi uchun "River Pleyt"ga atigi 5,5 million yevro to‘lagan va uni Madridga 40 millionga sotgan. Bularning hammasi ajoyib.
Falkao "Atletiko" safida atigi 2 mavsum o‘ynadi, ammo bu davr futbolchi uchun juda omadli keldi. Ikki mavsumda ham kolumbiyalik jamoaning eng yaxshi to‘purariga aylandi. O‘sha yillarda, garchi "Aletiko" La Ligada muvaffaqiyatga erisha olmagan bo‘lsa-da, Falkao Madrid Qirol Kubogi, Yevropa Ligasi va UYEFA Superkubogida g‘olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Kolumbiyalikning transferi madridliklar uchun juda muvaffaqiyatli bo‘lib chiqdi. "Matraschilar" futbolchining o‘yinidan maksimal darajada foydalandi, shundan so‘ng ular Radamelni "Monako"ga 43 million yevro evaziga sotishdi. Endi 34 yoshli hujumchi "Galatasaroy" da o‘ynamoqda.
Diyego Kosta (83 gol)
Kosta "Atletiko" bilan uzoq tarixga ega. 2007 yil yanvar oyida ispanlar vatandoshini "Braga"dan 1,5 million yevroga sotib olishdi. Shundan so‘ng darhol "matraschilar" uni yana Portugaliya jamoasiga qaytarib ijaraga berib yuborishdi. 1 mavsumdan keyin, Madridga qaytib, futbolchi "Selta", "Albasete" va "Rayo Valyekano" kabi jamoalar safida ham ijarada to‘p surdi. Ispaniyalik futbolchi faoliyati davomida "Chelsi"da ham o‘ynagan. Londonda 4 yilni juda muvaffaqiyatli o‘tkazgan. E’tiborlisi, "aristokratlar" hujumchini "Matras Makerlar"dan 38 million yevroga sotib oldi va 2018 yilda qaytarib, 60 millionga sotib yubordi.
Ijarani hisobga olgan holda aytadigan bo‘lsak, Kosta "Atletiko"ni 5 marta tark etdi, ammo har doim qaytib keldi. Umuman, ispaniyalik futbolchi Madrid klubi tarkibida 215 ta o‘yin o‘tkazib, 83 ta gol urgan. Diyego bir marta hattoki mavsum oxirida "matraschilar"ning eng yaxshi to‘purariga ham aylangan edi, ammo "Chelsi"dan qaytgach, La Liga doirasidagi 1 o‘yinda beshtadan ko‘p gol urmadi. Shunga qaramay, Kosta har doim "Atletiko" uchun muhim o‘yinchi bo‘lib kelgan. U "matraschilar" bilan birgalikda Ispaniya chempionati, Qirol kubogi, Yevropa Ligasi va UYEFA Superkubogini yutdi.
Manolo (86 gol)
Manuel Sanches Delgado, yoki oddiygina aytadigan bo‘lsak Manolo "Atletiko"da 7 yil o‘ynagan. "Mursiya" futbolchisi bo‘lgan ispaniyalik hujumchi "matraschilar" e’tiborini tortdi va 1988 yilning yozida u Madrid klubi safiga ko‘chib o‘tdi. Manolo "Atletiko"ga ketma-ket ikki marta Qirol kubogini yutishda yordam berdi. 1991/92 yilgi mavsumda hujumchi La Liganing eng yaxshi to‘purariga beriladigan Pichichi kubogini qo‘lga kiritdi. Futbolchi Ispaniya chempionatida hech qachon bir o‘yinda beshtadan ko‘p gol urmagan. "Atletiko"dan keyin Manolo "Merida" klubida 2 mavsumni o‘tkazdi va keyinchalik faoliyatini yakunladi. Ispaniya terma jamoasi safida ham 28 uchrashuvda maydonga tushib, 9 gol urishni uddalagan. Hozirda ispaniyalik 55 yoshda. U qisqa murabbiylik faoliyatini ham 11 yil oldin yakunlagan.
Diyego Forlan (96 gol)
Forlan - Atletiko uchun taniqli shaxs hisoblanadi. Diyego "matraschilar"ga kelgunga qadar, "Manchester Yunayted" va "Vilyarreal" tarkibida ham bir qancha mavsumni o‘tkazgan. U Aynan "sariq suvosti kemasi"dan 2007 yil yozida Madrid klubiga o‘tgan edi. Transfer summasi 21 million yevroni tashkil qildi. "Atletiko" tarkibidagi ikkinchi mavsumda urugvaylik 32 ta gol urib, jamoaning eng yaxshi to‘purariga aylandi va Pichichi sovrinini qo‘lga kiritdi. Keyingi yilda forvard "matraschilar" bilan birga Yevropa Ligasi va UYEFA Superkubogini yutdi.
Forlaning "Atletiko"dagi so‘nggi mavsumi samarasiz bo‘lib chiqdi. (La Ligada 8 ta gol). Shundan so‘ng, "Atletiko" hujumchini "Inter" ga atigi 5 million yevroga sotdi. Madriddan ketganidan so‘ng futbolchi Braziliya, Yaponiya, Urugvay, Hindiston va hattoki Gonkong chempionatlarida o‘ynashga muvaffaq bo‘ldi. 2018 yil iyun oyidan buyon Diyego hech qayerda o‘ynamadi, ammo rasman 2019 yilning avgustida butsalarini mixga ilganini e’lon qildi. Faoliyatini yakunlagandan so‘ng, Forlan murabbiylik lisenziyasini oldi va u futbolchi bo‘lganida o‘ynagan "Penyarol" jamoasini boshqargan.
Serxio Aguero (100 gol)
Tajribali, 32 yoshli Agueroning karerasida bor-yo‘g‘i 3 ta klub bor edi. 2006 yil iyul oyida Serxio 21,7 million yevro evaziga o‘z vatani "Independiyente"dan Atletikoga ko‘chib o‘tdi. Argentinalik futbolchi 5 mavsumni Madridda o‘tkazdi va ikki marta jamoaning eng yaxshi to‘purariga aylandi. 2009/10 yilgi mavsumlarda hujumchi uchun haqiqatan ham muvaffaqiyatli bo‘lib chiqdi, o‘sha mavsumda futbolchi "matraschilar" bilan birgalikda Yevropa Ligasi va UYEFA Superkubogini yutdi. Shu bilan birga, Madrid jamoasi Ispaniya kubogining finalchilariga aylandi.
"Atletiko" tarkibida yuzta gol urgan Aguero 2011 yilning yozida "Manchester Siti"ga ko‘chib o‘tdi. Transfer summasi 40 million yevroni tashkil qildi. Angliyada hujumchi Ispaniyaga qaraganda ancha ko‘p sovrinlarni qo‘lga kiritdi. Bugungi kunga qadar argentinalik "shaharliklar" bilan birga 4 marta Premer-ligada, 5 marta - Liga Kubogida, 3 marta - Angliya Superkubogida va 1 marta - mamlakat Kubogida g‘olib chiqqan. Chempionlar Ligasi - Serxio "Manchester Siti" bilan g‘alaba qozona olmagan yagona turnir. Ushbu mavsumda, ehtimol futbolchi "shaharliklar" bilan birgalikda "shalpangquloq" sovrinini yutish uchun so‘nggi imkoniyatga ega bo‘ladi. Chunki, kelayotgan yozda Aguero "Etihad stadium"ni tark etishi mumkin.
Fernando Torres (121 gol)
Torres bu ro‘yxatda "Atletiko"da faoliyatini tugatgan yagona futbolchi. 2007 yil iyul oyida Fernando o‘z uy klubini tark etib, Liverpulga yo‘l oldi. "Qizillar" hujumchi uchun 38 million yevro to‘lagan va 4 yildan so‘ng uni "Chelsi"ga 58,5 millionga sotgan. Madridga qaytishdan oldin "El Nino" ham "Milan" da o‘ynashga muvaffaq bo‘ldi, ammo ispaniyalikning Italiyaga safari muvaffaqiyatli bo‘lmagan. A Seriyada hujumchi atigi 10ta o‘yin o‘tkazgan va 1ta gol urgan.
Dastlab Torres "Atletiko"ga ijaraga qaytdi, so‘ngra erkin agent sifatida "Matras Makers" bilan to‘liq shartnoma imzoladi. Fernando o‘zining bolalik klubi bilan birgalikda faqat Yevropa Ligasida g‘olib chiqdi, ammo "El Nino"ni hali ham Madridda sevadi. 2000-yillarning boshlarida u Segundadan jamoaning La Ligaga qaytishiga yordam bergan. Bundan tashqari, Torres ketma-ket 4 marta "matraschilar"ning eng yaxshi to‘purariga aylandi. Umuman olganda, ispaniyalikning faoliyati yaxshi bo‘ldi. U faqat "Atletiko" bilan g‘alaba qozona olmagan 2015/16 yilgi Chempionlar Ligasi finalidan afsuslanishi mumkin, xolos.
Antuan Grizmann (133 gol)
Fransuz futbolchisi eng yorqin davrini "Atletiko"da o‘tkazgan. 2005 yilda Antuan "Real Sosyedad" akademiyasida tugadi. Hujumchi san-sebastianliklarni 2014 yilning yozida tark etdi. Futbolchi "Atletiko"ga 54 million yevro evaziga ko‘chib o‘tdi. Madridda futbolchining faoliyati yaxshi bo‘ldi. "Matraschilar"da o‘tgan besh mavsumning deyarli har birida fransuz jamoaning eng yaxshi to‘purariga aylandi. Madridliklar bilan birgalikda Grizmann Yevropa Ligasi, UYEFA Superkubogi va Ispaniya Superkubogini yutdi.
Grizmann - "Atletiko"ning eng yaxshi to‘purari. Madridliklarning muxlislari Antuanni sovuqqonlik bilan "Barselona"ga kuzatib qo‘yishdi. Bu, albatta, klub tarixiga o‘z nomini yozgan futbolchiga nisbatan adolatsizdir. Fransuz Ispaniya poytaxtini eng yaxshi yo‘l bilan tark etmadi, ammo muxlislar u haqida hech qanday shikoyat qilmasligi kerak. Chunki, Jahon chempioni Yevropa Ligasidan ko‘ra ko‘proq klublar darajasida sovrinlarda g‘alaba qozonishni istadi va bu mutlaqo normal holatdir.