Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Eron bosh murabbiyi: «Muvaffaqiyat siri — mehnat»

Eron bosh murabbiyi: «Muvaffaqiyat siri — mehnat»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy jamoasidan farqli ravishda, Eron termasi JCH-2022 saralashida o‘ta murakkab vaziyatdan chiqib ketdi va keyingi raundga yo‘l oldi. Ya’ni forslar Bahraynda tashkillashtirilgan markazlashgan turnirda 4ta o‘yinni ham g‘alaba bilan yakunlab, guruhda 1-o‘ringa ko‘tarilishdi. Vaholanki, Dragan Skochich jamoasi bunga qadar 6 ochko bilan atigi 3-o‘rinni egallab turgan va peshqadam Iroq termasidan 5 ochko orqada edi. Forslar Tehronga qaytishgach, bosh murabbiy Dragan Skochich maxsus matbuot anjumanida qatnashib, muvaffaqiyat omillariga alohida to‘xtaldi.

«O‘zimga to‘liq ishonaman, jamoamga ham. E’tiborni faqat va faqat o‘yin, ishga qaratdik. Ha, bizni yetarlicha tanqid qilishdi, lekin ishlashda davom etdik. Vaziyat chindan ham, murakkab edi. Oldimizda turgan 4ta o‘yinda ham g‘alaba qozonsak, keyingi bosqichga chiqishimizni bilardik. Chunki asosiy raqiblarimizda 3tadan o‘yin qolgandi. Har 4 kunda maydonga tushish oson emas, albatta. Bunda murabbiy avvalo, futbolchilarning jismoniy holatini nazorat qilishi shart. OFK guruhimiz o‘yinlarini Bahraynga berganida, bunga e’tiroz bildirganim rost. Lekin Manamaga borgach, fikrim o‘zgardi - tashkilotchilik ma’qul keldi. Qisqasi, faqat ishlash qolgandi. Ishonasizmi, kuniga 20 soatdan ishladik va bu o‘z samarasini berdi. E’tibor qaratgandirsiz, biror o‘yinda Sardor Azmun, Mehdi Taremi va Karim Ansarifardni tengdaniga maydonga tushirmadik. Albatta, futbolchilarni tushunaman, ular o‘ynashni xohlashadi, ammo natija muhim edi va buni yigitlarga astoydil u?tirdim. Oddiy aytganda, jamoaga nima yaxshi bo‘lsa, shuni bajarishga intildim. Hozir shartnomam tugadi. Buyog‘iga nima bo‘lishini federasiya hal qiladi. Shartnomani uzaytirish o‘zimga bog‘liq emas. Xohishim bitta - Eron terma jamoasini JCH-2022da ko‘rish», - dedi Dragan Skochich.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 08:49, 26.06.2021.
O'qildi: 2575 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик