Yevropa chempionatining nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan 4ta uchrashuvdan so‘ng chorak finalning 2ta juftligi aniq bo‘ldi.
Belgiya terma jamoasi keyingi bosqichda Italiya bilan to‘qnash keladi. Ushbu bahs 2 iyul, juma kuni bo‘lib o‘tadi.
3 iyul kuni esa Chexiya va Daniya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Chorak finalning qolgan juftliklari bugun va ertaga bo‘lib o‘tadigan nimchorak final bosqichi o‘yinlaridan so‘ng aniqlanadi.