Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Ilhomjon Mo‘minjonov: «Ochkolar yig‘ishda davom etamiz»

Ilhomjon Mo‘minjonov: «Ochkolar yig‘ishda davom etamiz»

Baho:
+ | -

"Neftchi" bosh murabbiyi Ilhomjon Mo‘minjonov Pro-liganing navbatdagi turi doirasida "Aral Samali"ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yin borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

"Bugungi g‘alaba bilan futbolchilarni va muxlislarimizni tabriklab qolaman. Raqibimizni o‘rganib chiqib o‘yinga astoydil tayyorgarlik ko‘rgan edik.

Birinchi bo‘limda yigitlarimiz ancha shoshqaloqlik qilishdi. Hujumda ko‘plab xavfli vaziyatlarni yaratishgan bo‘lishsa ham gollar ura olishmadi. Ikkinchi bo‘limda ular ancha o‘zlariga kelishdi va biz bergan ko‘rsatmalarni bajarib, standart vaziyatdan gol kiritishdi. Keyinchalik o‘yinni nazorat ostiga olgan holda pozision hujumlarni yaratib, bundan unumli foydalanishdi va muhim g‘alabaga erishishdi. Agar har bir yaratilgan vaziyatdan foydalanib qolganimizda hisob bundan ham yirik ko‘rinishga ega bo‘lardi. Lekin buni futbol deydilar. 4:0 hisobidagi g‘alabaga ham shukurlar aytaman. Biz ochkolar yig‘ishda davom etib, maqsad sari intilamiz.

Bugungi kunda kichik Darko Stanoyevich, Abdul Aziz Yusupov va Otabek Zokirovlar bilan do‘stona xayrlashdik. Ularga o‘yin amaliyoti kerakligi uchun boshqa jamoaga o‘tishadi. Ularning o‘rnini to‘ldirish maqsadida bir nechta o‘yinchilar bilan muzokaralar olib borilmoqda. Agar bu kelishuvlar amalga oshmasa o‘zimizning futbolchilar bilan kurashni davom ettiramiz. Aytib o‘tilgan uchchala futbolchiga kelgusida yaxshi jamoaga o‘tib, o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishlarini xohlar edim.

Ulug‘bek Xoshimov haqida aytadigan bo‘lsak, u hali 20 yoshda va asta-sekinlik bilan o‘z o‘yinini topadi deb o‘ylayman. Mashg‘ulotlarda astoydil shug‘ullanishiga qaramay, tajriba yetishmovchiligi sabab, rasmiy o‘yinlarda ozgina shoshib qolmoqda. O‘ylaymanki, mana shu bellashuvlar orqali gollar urishni boshlaydi va kelgusida yaxshi hujumchiga aylanadi.

Marko Obradovichga kelsak, uning jamoa bilan yil oxirigacha tuzgan shartnomasi mavjud. Agar keyingi yilga yaxshi takliflar kelib tushsa boshqa jamoaga o‘tishi  mumkin.Bu yil Obradovich o‘zining chiroyli o‘yini va gollari bilan barchamizni hursand qiladi degan umiddaman. Biz esa ochkolar yig‘ishda davom etamiz "- dedi Ilhomjon Mo‘minjonov.

"Neftchi"  matbuot xizmati

Manba: https://t.me/pfcneftchi_uz
Kiritildi: 07:13, 28.06.2021.
O'qildi: 1556 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.