Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Baxtiyor Ashurmatov: «Bugungi o‘yinga qo‘rqoq taktika tanladik»

Baxtiyor Ashurmatov: «Bugungi o‘yinga qo‘rqoq taktika tanladik»

Baho:
+ | -

Coca-Cola Superliganing 11-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" - "Nasaf" uchrashuvidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etdi.

"Gapning ochig‘i, bugun futbolchilarimiz yutqazmadi. Biz bugun tan olish kerak, qo‘rqoq taktika tanladik. Bu murabbiylar shtabining xatosi bo‘ldi. "Nasaf" birinchi bo‘limda har tomonlama bizdan ustunlik qildi. Ikkinchi bo‘limda o‘zgarishlar qildik, o‘yinimiz shunga yarasha kuchaydi. O‘yinni qutqarish uchun oxirigacha intildik. Chunki biz muxlislarimiz uchun ham bugun so‘nggi daqiqaga qadar harakat qilishimiz kerak edi. Ikkinchi bo‘limda ko‘rsatgan o‘yinimiz birinchi bo‘limdagi nursiz o‘yinimiz uchun muxlislarimiz oldida ozgina o‘zimizni oqladik deb o‘ylayman. Afsuski harakatlarimiz hech bo‘lmasa durang uchun ham yetarli bo‘lmadi.

Men oldin ham o‘z fikrimni aytganman, VAR tizimiga butunlay qarshiman. Biz ham xatoga yo‘l qo‘yishimiz mumkin, hakamlar ham xato qiladi. Bizda xuddi shunga o‘xshagan vaziyat bo‘lganida VAR tizimiga e’tibor ham qilinmadi. Himoyada xatoga yo‘l qo‘ydik, kerakmas joyda jarima ishladik. “Nasaf" kabi jamoalar bilan o‘yinda 0:2 hisobi bu juda katta ustunlik. Shunga qaramasdan o‘yinni o‘zgartirishga harakat qildik, o‘zgartirib ham oldik. Afsuski, biz duranga ham erisholmadik.

Men hakamlar penalti borasida qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi deb o‘ylamayman. Lekin 3:0 yutqazayotganimizda 8 daqiqa qo‘shadi. Bugun darvozabon Umidjon Ergashevga yordam ko‘rsatish uchun 7 daqiqa o‘yin to‘xtab turdi. 5 tadan 10 futbolchi almashdi. O‘tgan gal matbuot anjumanida "Qo‘qon-1912" o‘yin tempini tushiradi degan savol qo‘yildi. Har bir jamoa g‘alabani ushlab qolish uchun maydonda vaqt cho‘zib yotibdi. Bugungi o‘yinga kamida 12 daqiqa qo‘shish kerak edi. "Nasaf" jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Ro‘ziqul Berdiyev kuchli murabbiy, undan ko‘p narsani o‘rgansa bo‘ladi.

Bizni oldinda AGMK jamoasiga qarshi o‘yin kutib turibdi. Mehmonda nisbatan osonroq o‘ynayapmiz, bu jamoa bilan tengma-teng kurash olib boramiz deb o‘ylayman.

"Lokomotiv" bilan o‘tgan o‘yinda Murod Xolmuhammedov, Bobur Akbarov juda yaxshi o‘yin o‘tkazishdi. Yosovich 4 sariq kartochkasi borligi tufayli o‘yinni o‘tkazib yubordi. Afsus, Oybek Rustamov ham sariq kartochkalar tufayli bugungi o‘yinga tusha olmadi. Biz taktik sxemani o‘zgartirmasdan Rustamov o‘rniga Yosovichni qo‘ydik. Bu qaror o‘zini oqlamadi, xatomizni tan olamiz.

Birinchi bo‘limda bunga imkon bor edi. Lekin Sardor Azimovni majburan o‘zgartirdik. Agar birinchi bo‘limda yana bir o‘zgarish qilganimizda, zaxira uchun faqatgina bitta imkoniyatimiz qolar edi. Zaxira imkoniyatini saqlab qolish uchun shunday qarorga keldik.

Transferlar oynasi vaqtida kimdir keladi deb aniq ayta olmayman. Albatta, ko‘z oldimizga olgan futbolchilar bor, lekin aniq emas. Hozirgi vaqtda jamoani yanada kuchaytirish niyatingiz bo‘lsa, siz transferni amalga oshirishingiz kerak", — dedi Ashurmatov.

Manba: https://t.me/FCKOKAND
Kiritildi: 07:17, 29.06.2021.
O'qildi: 3319 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик