Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Shiddatli kechgan chorak finalning barcha o‘yinlari haqida (videosharh)

Shiddatli kechgan chorak finalning barcha o‘yinlari haqida (videosharh)

Baho:
+ | -1

Yevro-2020 turnirining nimchorak final o‘yinlari o‘z yakuniga yetdi. 8 ta uchrashuv davomida biz ko‘plab qiziqarli voqealarga, hayajonli daqiqalarga va kutilmagan natijalarga guvoh bo‘ldik. 

Mana shu 8 ta o‘yinning barchasiga alohida to‘htalib o‘tamiz:

Daniya - UYEls 4:0 

Garchi, bu o‘yinda jamoalar teng kuchli baholangan bo‘lsada, yakun umuman boshqacha manzarani bizga taqdim etdi. Daniyaliklar o‘zlariga berilgan imkoniyatlarning aksaridan unumli foydalanib, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Italiya - Avstriya 2:1 

Italiya terma jamosi guruh bosqichida ortiqcha qiyinchilikga duch kelmay, maksimal natijani qayd etgan edi, ammo pley-off bu boshqa daraja. "Skuadra Adzurra" Avstriyaga qarshi 90 daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol eta olmadi. Nihoyat ekstra taymlarda ular ikta gol urdi va bir bora o‘z darvozasidan ham gol o‘tkazib yubordi. Shunday qilib, italiyaliklar qiynalib bo‘lsada, keyingi bosqichga yo‘l oldi. 

Niderlandiya - Chexiya 0-2

"Uchar gollandlar" mazkur bahsda favorit edi, ammo bu natijada aks etmadi. Patrik Shik va uning jamoadoshlari Niderlandiyadan o‘yin borasida ham va yakunda natijada ham ustkn keldi. De Ligtning maydondan chetlatilishi Niderlandiya uchun qattiq zarba bo‘ldi. Uning chetlatilishidan so‘ng, chexlar ikkita gol urdi. Xullas, shu bilan bu bosqichda ilk sensasiya guvohi bo‘ldik.

Belgiya - Portugaliya 1-0 

Navbatdagi uchrashuvada ikki turnir favoriti va tarkib jihatdan yulduzli jamoalar bahsi guvohi bo‘ldik. Portugaliyaning katta ustunligi ostida kechgan bahsda Torgen Azarning super goli Belgiyaning g‘alabasaini ta’minlab berdi. Ronaldu va uning sheriglari esa ko‘plab vaziyatlardan foylalana olmadi yoki shunchaki ularning omadi kelmadi.  

Xorvatiya - Ispaniya 3-5 

Bu ikki jamoa o‘rtasidagi o‘yin esa haqiqiy gollar shousiga aylanib ketdi. Avvaliga ispanlar darvozaboni avtogol urib qo‘ygan bo‘lsa, so‘ngra "qizil furiya" ketma-ket 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi, ammo xorvatlar o‘yin so‘ngida iroda ko‘rsata oldi va hisobni 3-3 ko‘rinishiga keltirdi. Ispanlarning so‘nggi ikki golidan so‘ng xorvatlar o‘yinga qayta olmadi. Qisqa qilib aytganda "Nokaut".

 

Fransiya - Shvesariya 3-3 (4-5)

Bu bosqichning eng katta sensasiyasi qayd etalgan uchrashuvda fransuzlar Shvesariyaga kutilmaganda imkoniyatni boy berdi. Aslida, hammasi Fransiya foydasiga hal bo‘layotgan edi, ammo o‘yin yakunida hammasi o‘zgarib ketdi. Shunchaki, videoni tomosha qiling va yana o‘sha onlarni eslang.

Angliya - Germaniya 2-0

Mazkur o‘yin ancha ehtiyotkor va biroz yopiq bo‘ldi. Sterling o‘yinda hisobni ochgunga qadar jamoalarda aytarli vaziyat bo‘lmadi. Bu o‘yinda inglizlarning ikki yetakchisi Keyn va Sterling hammasini hal qildi va ular keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Ukraina - Shvesiya 2-1

Nimchrak finalni yakunlab bergan bahsda Shevchenko boshchiligidagi ukrainlar ekstra taymlarning so‘nggi daqiqalarida urilgan gol evaziga chorak finalga yo‘l oldi. Ularning keyingi bosqichdagi raqibi Angliya terma jamoasi bo‘ladi. 

 

                                                               Xudayqulov KARIM tayyorladi

 

Kiritildi: 05:15, 30.06.2021.
O'qildi: 5345 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.