Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Ibrahimovich, Jiru, Kavanidan qimmatroq qiymatga baholangan Eldor Shomurodov haqida

Ibrahimovich, Jiru, Kavanidan qimmatroq qiymatga baholangan Eldor Shomurodov haqida

Baho:
+ | -

O‘zbekiston terma jamoasi va «Jenoa» klubi hujumchisi Eldor Shomurodov uchun 2020/21 yilgi mavsum unutilmas bo‘ldi. «Daryo» 29 iyun kuni 26 yoshini nishonlagan o‘zbekistonlik futbolchining ayrim jabhalardagi ko‘rsatkichlarini boshqa top futbolchilarniki bilan solishtiradi.

Transfer qiymati haqida

Shomurodovning qiymati Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra 7 million yevro turadi. Eldor transfer qiymati bo‘yicha O‘zbekistonda birinchi, «Jenoa»da to‘rtinchi, Osiyoda — 13, 1995 yilda tug‘ilgan futbolchilar orasida — 113, A Seriya futbolchilari va markaziy hujumchilar orasida — 179, dunyo bo‘yicha 1226-o‘rinda.

«Jenoa»da harakat qilayotgan futbolchilar orasida faqat Janluka Skamakka (15 mln yevro), Luka Pellegrini (9 mln) va Davide Zappakostadan (8 mln) undan oldinda.

O‘zbekiston Superligasida faqat «Paxtakor» (9,4 mln) va AGMK (7,43 mln) tarkibi Shomurodovning transfer qiymatidan qimmatroq. Boshqacha aytganda Eldor hozirda o‘zi tug‘ilib o‘sgan Surxondaryoning Superligadagi yagona vakili «Surxon»dan uch barobar, o‘zi tarbiya topgan «Mash’al» tarkibidan esa ikki barobar qimmatroq.

Shomurodov transfer qiymati bo‘yicha Edinson Kavani (6 mln), Yosip Ilichich (6 mln), Pedro (5 mln), Edin Jeko (4 mln), Zlatan Ibrahimovich (4 mln), Olivye Jiru (4 mln), Xuan Mata (4 mln), Arturo Vidal (3,5 mln), Fernandinyo (2 mln), Jorjio Kyellini (1,5 mln) kabi yulduzlarni ortda qoldirmoqda.

2020/21 yilgi mavsumdagi gollari haqida

Shomurodov A Seriya ortda qolgan mavsumida 31 o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi. Bu borada Eldor quyidagi yulduz futbolchilarni ortda qoldirdi:

A Seriya: Aleksis Sanches, Edin Jeko, Mario Pashalich, Yosip Ilichich, Paulo Dibala, Ivan Pershich, Kristian Eriksen, Aaron Remzi.

APL: Meyson Grinvud, Risharlison, Temmi Abraham, Xames, Timo Verner, Meyson Maunt, Kevin de Bryuyne, Olivye Jiru, Kay Havers, Kristian Pulishich, Serxio Aguero.

La Liga: Joau Feliks, Usmon Dembele, Pako Alkaser, Marko Asensio, Eden Azar, Papu Gomes, Vinisius Junior, Lukas Vaskes.

Bundesliga: Leon Goretska, Kshishtof Pyontek, Leroy Sane, Yussuf Poulsen, Kingsli Koman, Luka Yovich, Erik Shupo-Moting.

Liga 1: Anxel di Mariya, Aleksandr Golovin, Mauro Ikardi, Stevan Yovetich, Pablo Sarabiya, Yulian Draksler.

Eldor Shomurodov 1995 yilning 29 iyunida Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Eldor «Mash’al» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanib, 2006—2014 yillar mobaynida muborakliklar tizimida harakat qilgan. U shuningdek, «Bunyodkor» (2014—2017) va «Rostov» (2017—2020) sharafini himoya qilgan qilgan. Shomurodov 2015 yildan beri O‘zbekiston milliy terma jamoasida to‘p tepib keladi. U terma jamoaning rasmiy uchrashuvlarida 46 ta o‘yin va 20 ta gol urgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 08:00, 30.06.2021.
O'qildi: 19078 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.