Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted

Nigoh: Ronaldu «Barsa»ga o‘tadi? Nahotki, shu mumkinmi?

Nigoh: Ronaldu «Barsa»ga o‘tadi? Nahotki, shu mumkinmi?

Baho:
+1 | -

Bir narsa aniq: Krishtianu Ronaldu azaldan Lionel Messi bilan bitta jamoada o‘ynash xohishini yashirmagan! Yevro-2020 tobora qiziyotgan pallada Ispaniyaning AS nashri futbol olami e’tiborini birozgina chalg‘itdi. Obro‘li gazetada yozilishicha, «Barcelona» shu yozda Krishtianu Ronaldu bilan shartnoma tuzishga urinib ko‘radi. «Asr transferi» g‘oyasi «Barsa»ning ustakor prezidenti Joan Laportadan chiqqani aytildi. U Krishtianu Ronaldu va Lionel Messini bitta klub bayrog‘i ostida birlashtirgan birinchi xo‘jayinga aylanmoqchi, shekilli. Aytgancha, Laporta 2003 yili, ya’ni birinchi prezidentlik davrida ham Ronalduni «Sporting»dan sotib olishni xohlagandi.

Joan Laporta keyinchalik o‘sha, samarasiz birinchi urinishi haqida batafsil so‘zlab bergandi: «Agentlardan biri bizga «Sporting»da iqtidorli futbolchi borligi va klub uni «MYU»ga atigi 19 million yevroga sotmoqchi bo‘layotganinini aytdi. Bu Krishtianu Ronaldu edi. Eng qizig‘i, uni bizga 17 millionga sotib olishni tavsiya etishdi, ammo o‘sha transferlar bozorida Ronaldinyo xaridiga kattagina mablag‘ sarflashga ulgurgandik. Oxir-oqibat, Ronalduni sotib olishdan voz kechishimizga to‘g‘ri kelgandi».

Darvoqe, oldinroq Ronaldu va Messining «Yuventus» yoki «PSJ»da birga o‘ynashlari ehtimoli borligi haqida xabarlar tarqalgandi. Mana, navbat «Barselona»ga keldi. Ta’kidlanishicha, Kataloniya superklubi Krishtianu evaziga «Yuventus»ga 3 nafar futbolchini taklif qilmoqda: Antuan Grizmann, Serxi Roberto va Filippe Koutinyo. Turinliklarda shulardan ikkisini tanlash imkoni bor. Eng qizig‘i, Ronalduning o‘zi 2016 yili Messi bilan birga o‘ynash niyatini oshkor qilgandi. «O‘ylaymanki, bizni bitta jamoa libosida ko‘rish hamma uchun qiziqarli. Aslida buyuk futbolchilar birga o‘ynashlari kerak», - degan edi Krishtianu France Football nashriga bergan intervyusida.

Eslatma, Ronalduning «Yuventus» bilan yana 1 yillik shartnomasi bor. Biroq portugaliyalik ertaroq ketishni istamoqda: u Turin klubining yakunlangan mavsumdagi natijasidan zada bo‘ldi. Messi esa «Barsa» bilan hali yangi  shartnoma tuzganicha yo‘q. Kataloniyaliklar o‘z navbatida, Messining eng yaqin do‘sti Serxio Agueroni o‘z tomonlariga og‘dirishdi. Agar Ronaldu ham «Barselona» safiga qo‘shilsa, unda Leoning qolishi aniq. U yangi sinovga tayyor, albatta. Ammo dunyo futboli Ronaldu va Messini bir joyda ko‘rishga tayyormi? Tushunarliki, «Real» muxlislari voqealarning bunday rivojini aslo ma’qullamaydilar. Ehtimolki, ular bunda qahramon-Ronalduni sotqin-Ronalduga chiqarib qo‘yishadi ham...

H.ATAVULLAYEV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 09:10, 03.07.2021.
O'qildi: 41316 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.