"Kristal Pelas" matbuot xizmati Patrik Viyeyra klubning yangi bosh murabbiyiga aylanganini e’lon qildi.
Fransuz mutaxassisi bilan shartnoma 2024 yilning yoziga qadar imzolangan. Viyeyraning so‘nggi ish joyi "Nissa" bo‘lgan. Murabbiy mazkur klubdan o‘tgan yilning dekabrida ishdan bo‘shatilgan.