Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Kopa Amerika: Argentina yurishini davom ettiradi

Kopa Amerika: Argentina yurishini davom ettiradi

Baho:
+ | -

Kecha Argentina chorak final doirasida Ekvador termasi bilan bahs yuritdi. Raqib yyirik 3-0 hisobida mag‘lub etildi. Ushbu bahsda Messi asosiy figuraga aylandi. Hatto ayrim rekord ko‘rsatkichlarini ham yangilashga muvaffaq bo‘ldi. Ikkita assist va bitta jarima zarbasidan super gol bilan «Man of The Match» sovrinini qo‘lga kiritdi. Darhaqiqat, o‘yinda Messi va uning jamoadoshlari mutlaq ustunlik qilishdi.

Ekvador termasi guruh bosqichini 3 ta durang va 1 ta mag‘lubiyat bilan yakunladi. Boz ustiga Ekvador nisbatan zaif termalar qatorida edi. Biroq Argentina bosh murabbiyi Lionel Skaloni o‘z hamyurti bo‘lgan Ekvador ustozi Gustavo Alfaro jamoasi haqida o‘yin oldidan katta hurmat bilan fikr bildirdi. U shunday deydi: «Ekvador juda tezkor jamoa. Ular istalgan jamoaga yetarlicha muammo tug‘dira olishadi».
Ekvador termasi Jahon chempionati saralash bahsida ayni damda oltita o‘yindan so‘ng o‘z guruhida 3-o‘rinni band etib turibdi. Bu haqda jamoa yarimhimoyachisi Jegson Mendez: «Biz tarixni o‘zgartira olmasakda, kelajak va bugun o‘z qo‘limizda, intilishdan to‘xtamaymiz» deydi.

Kopa Amerika musobaqasida Argentina o‘z guruhini 3 ta g‘alaba 1 ta mag‘lubiyat bilan peshqadam sifatida yakunladi. Albatta bunda Messining ajoyib sport formasida ekani katta ro‘l o‘ynamoqda. Hozirda jamoa sardori hisobida 4 ta o‘yinda 3 ta gol mavjud.
Endilikda murabbiy Skaloni oldida o‘yinchilar bilan bog‘liq qarorlar qabul qilish muammosi mavjud. Birinchisi himoyachi Kristian Rameroning jarohati. Skaloni uni Pezella bilan almashtirish ehtimoli bor. Qanotda esa Nikolas Tagliafiko va Markos Akunyalar maydonga tushishi so‘roq ostida qolgan. Ularda yengil jarohatlar borligi ma’lum qilingan. Yarimhimoyachi Leandro Paredesni ham keyingi o‘yinda tushurish murakkab masala. Unda ham yengil jarohat mavjud va o‘rni almashtirilishi mumkin. Tayanch yarimhimoyachisi Guido Rodrigez esa yaxshi formadaligi aytilgan.

Yarim final bahsi 7 iyulda Braziliyaning Goyaniya sharida, «Olimpiko» stadionida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. U yerda Argentinani Kolumbiya termasi bilan bahs kutib turibdi.

Jaloliddin ISMATOV tayyorladi.

Kiritildi: 20:27, 04.07.2021.
O'qildi: 4465 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик