Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy - Liverpul
11/03 01:00 Atalanta - Bavariya
11/03 01:00 Atletiko - Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl - Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal

Amerika kubogi. Braziliya Peruni mag‘lub etib, finalga chiqdi (videosharh)

Amerika kubogi. Braziliya Peruni mag‘lub etib, finalga chiqdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Amerika kubogi musobaqasida dastlabki finalchining nomi aniq bo‘ldi. Yarim final doirasida Braziliya terma jamoasi Peru bilan to‘qnash kelib, kichik hisobda g‘alaba qozondi.

Uchrashuvdagi yagona gol Lukas Paketa hisobiga yozildi. Neymar raqibning ikki futbolchisini aldab o‘tib, jamoadoshini deyarli bo‘sh darvoza qarshisiga chiqardi.

Peru esa ikkinchi bo‘limda faollikni oshirib, Braziliyani ancha asabiylashishga majbur qildi. Mezbonlar pragmatik o‘yin namoyish etib, g‘alabani saqlab qolishdi.

Argentina va Kolumbiya o‘rtasidagi ikkinchi yarim final bahsi Toshkent vaqti bilan ertaga tongda bo‘lib o‘tadi.

Amerika kubogi, yarim final
Braziliya – Peru 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 35 Lukas Paketa.
Braziliya – Ederson, Danilo, Markinyos, Tiago Silva, Lodi (Militao, 85), Kazemiro, Fred (Fabinyo, 85), Everton (Everton Ribeyro, 70), Lukas Paketa (Duglas Luis, 90), Neymar, Risharlison (Vinisius Junior, 85).
Peru – Galyese, Korso (Lora, 75), Santamariya, Ramos (Garsiya, 46), Kalyens, Trauko (Lopes, 46), Penya, Tapiya (Tavara, 89), Yotun, Kueva (Ormenyo, 81), Lapadula.
Ogohlantirishlar: Yotun (56), Vinisius Junior (89), Lopes (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 09:10, 06.07.2021.
O'qildi: 6636 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.