Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Angliyada tez orada futbol asl ko‘rinishiga qaytadi

Angliyada tez orada futbol asl ko‘rinishiga qaytadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Angliyada mamlakat bosh vaziri Boris Jonson, sog‘liqni saqlash raisi Kris Uayti va ilmiy kotib Ser Patrik Uallans ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda aholi orasida virus tarqalishi kamaygani va vaksinasiya ishlari muhokama qilingan.

Shuningdek, 19 iyuldan boshlab karantin choralarini yumshatish fonida sport musobaqalari, jumladan, futbol bahslariga ham tomoshabinlarni to‘liq kiritish bo‘yicha qaror qabul qilindi. Bunda vaksinasiya ishlarining dastlabki fazasi yakunlanishi munosabati bilan barcha sportlarni tomosha uchun avgust oyidan mavsum ohiriga qadar ochish ishlari ham belgilab berilgan. Angliyada shu kunlardan boshlab ijtimoiy masofa va niqob taqish bilan bog‘liq cheklovlar olib tashlanmoqda. 25 iyunda o‘tkazilgan so‘nggi testlarda 58 ming fuqaro ishtirok etgan va ulardan atigi, 28 ta holatda infeksiya yuqtirgan fuqaro aniqlangan.

Bu degani endilikda futbol muxlislari avvalgidek o‘yingohlarga cheklovlarsiz kirish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Ushbu qarorlar ijrosini optimallashtirish maqsadida hukumat vakillari tomonidan12 iyul kuni maxsus yo‘riqnoma nusxasi tayyorlanadi. Bu haqda Bosh vazir shunday deydi: «Biz qonuniy cheklovlarni minimal darajaga tushirishni va odamlar o‘zlarining xavsizligi uchun javobgarlikni oladigan tizimni yaratish uchun harakat qilmoqdamiz. Endilikda xalqning o‘zi virus yangiliklaridan boxabar bo‘lib, harakat qilishlari zarur bo‘ladi. Bu bo‘yicha to‘rtta bosqichdan iborat reja tayyorlayapmiz».

Birinchi bosqichda barcha sport musobaqalariga erkinlik berish ko‘zda tutilgan. Angliyada futbol turnirlari davom ettirilishida ushbu bosqich juda muhim. Stadionlarga muxlislarning qaytishi, futbolning jozibasini asl holiga qaytaradi. Yevropa chempionati bahslarini ham aksariyati, jumladan, yarim finallar va final bahsi Londonda o‘tkazilishi belgilangan. Ularga stadionning 100 foizgacha hajmda muxlislar tashrifiga ruxsat beriladi.

Premiyer Liga ijrochi direktori Richard Masters o‘zi qatnashgan bir nechta matbuot anjumanlarida avgust o‘rtasida boshlanajak 2021/22 yilgi mavsum uchun stadionlar to‘liq ish boshlashidan umid qilayotganini bildirgan edi. Hukumat bayonotidan keyin Premiyer Liga ham rasmiy saytida bunga qisqacha to‘xtalib o‘tdi: «Muxlislar sog‘ingan damlar yaqin. Biz bundan juda mamnunmiz. Asosiy vazifamiz avvalgidek to‘liq quvvatga qaytib olish va barchani xavfsizligini ta’minlaydigan mexanizm yaratishdan iborat. Buning ustida tegishli davlat organlari bilan ishlashda davom etamiz».
Ushbu o‘zgarishlar yangi mavsum davomida barcha turnirlar kabi Chempionship va unda qatnashuvchi klublar moliyaviy qobiliyatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Futbolda va umuman iqtisodiy sohada yuz bergan pasayish hamda inqiroz holatlari sekin-asta barham topa boradi. Bu biz istagan va sog‘ingan haqiqiy futbolni qaytayotganidan darak beradi. Xarholda, shunga katta umid bog‘laganmiz!

Jaloliddin ISMATOV tayyorladi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:34, 06.07.2021.
O'qildi: 2571 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.