Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Italiya terma jamoasi jahon rekordini takrorlash uchun 2ta o‘yin qoldi (faktlar)

Italiya terma jamoasi jahon rekordini takrorlash uchun 2ta o‘yin qoldi (faktlar)

Baho:
+ | -

Yevropa chempionatining yarim finalida Italiya terma jamoasi Ispaniyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Faktlar:

* Italiyaliklar 2012 yildan beri ilk marta Yevropa chempionati finaliga chiqishdi. Bu Italiya tarixidagi to‘rtinchi final. 1968 yilda «Skuadra Adzurra» Yevroda zafar quchgan, 2000 va 2012 yillarda esa finalda yutqazgan.

* Roberto Manchini jamoasi mag‘lubiyatsiz seriyasini 33 uchrashuvga yetkazdi va mamlakat rekordini yangiladi. Oldingi rekord 1935-1939 yillarda o‘rnatilgan va o‘shanda Italiya Vittorio Posso qo‘l ostida ketma-ket 30 uchrashuvda mag‘lub bo‘lmagandi. Jahon rekordigacha esa 2ta uchrashuv qoldi. Ispaniya terma jamoasi 2007-2009 yillar oralig‘ida 35 uchrashuvda mag‘lub bo‘lmagan, Braziliya ham 35 uchrashuvda, faqat bunga ancha bo‘lgan - 1993-1996 yillar oralig‘ida.

* Italiya yarim himoyachisi Federiko Kyeza uchrashuvda gol urdi. Italiyaliklar uchun ushbu gol joriy Yevrodagi 12-si bo‘ldi. Shunday qilib, Italiya yirik turnirlarda gollar bo‘yicha rekordini takrorladi. Ilgari «Skuadra Adzurra» faqat JCHlarda - 1934, 1982 va 2006 yillarda 12ta gol urgan. Yevroda esa bu birinchi marta kuzatilyapti.

* Bu italiyalik himoyachi Leonardo Bonuchchi uchun Yevropa chempionatlaridagi 17-o‘yin. U ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Janluiji Buffonga yetib olib milliy rekordni takrorladi.

* Ispanlar «pley-off»da uchinchi marta qo‘shimcha vaqt o‘tkazishdi. Ilgari Yevro-2016da buni faqat Portugaliya amalga oshira olgandi. +o‘shimcha vaqtda Ispaniya Xorvatiyani mag‘lub etdi (5:3), keyin penaltilar seriyasida Shveysariya ham mahv etilgandi.

* Ispaniya yarim himoyachisi Pedri birinchi bo‘limda yaxshi o‘ynadi. «Barselona» futbolchisi 31ta pasdan hammasini aniq amalga oshirdi. Shulardan 22tasi raqib maydoni tarafida bajarilgani esa tahsinga loyiq ko‘rsatkich. U ikkinchi bo‘limda yana 21ta pasni amalga oshirdi. Bu esa futbolchilarning 100 foiz aniqlikdagi uzatmalari soni bo‘yicha Yevrodagi eng yaxshi ko‘rsatkichdir.

* Ispaniya hujumchisi Alvaro Morata gol urdi. Uning uchun ushbu gol Yevropa chempionatlaridagi 6-si bo‘ldi. Shu tariqa, u Yevroda 5ta gol urgan Fernando Torresning rekordini yangiladi.

* Ispanlar himoyachisi Jordi Alba o‘zining Yevropa chempionatidagi 16-o‘yinini o‘tkazdi. Endi u Ispaniya terma jamoasining ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha rekordini Andres Inyesta va Sesk Fabregas bilan baham ko‘rmoqda, ularning har biri Yevrolarda 16 martadan maydonga tushishgan.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:01, 07.07.2021.
O'qildi: 4368 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик