Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Penalti bormidi?

Penalti bormidi?

Baho:
+ | -

Hamma Rahim Sterling yiqilgan vaziyatni muhokama qilmoqda. Men ham o‘zimning SHAXSIY fikrimni bildirsam.

Birinchidan, Angliya finalga munosib chiqdi, ustunlik bilan o‘ynadi va ko‘proq vaziyat yuzaga keltirdi, otasi kabi Daniyani finalga olib chiqmoqchi bo‘lgan Kasper Shmeyxel mo‘jizaviy qutqarishlar namoyish etib tashladi. Lekin, g‘alaba bu tariqa qo‘lga kiritgani ana shu ustunliklarni yo‘qqa chiqardi.

Men bu penalti berilmasligi kerak edi deb hisoblayman. Nega? Tushuntiraman. Referi kitobni chetga surib bellashuv holati bo‘yicha ishlashi mumkin edi. O‘yin darajasi, final ostonasi, katta yo‘l bosib o‘tildi va bunday vaziyatda hal qiluvchi penalti qo‘yish uchun umuman shubha qolmasligi kerak. Hech bo‘lmasa borib monitorda ko‘rilishi kerak. Buning ustiga o‘yin oxiri, qo‘shimcha taymlar, hamma charchagan va yiqilib berishga tayyor, minimal kontakt yetarli. Ayniqsa Sterlingdek yiqilishni o‘ta mahorat bilan ijro etadiganlar. Kontakt bor, u minimal, uyog‘iga Sterling qo‘shdi.

Penalti 50 ga 50. Bunday o‘yinda, bunday vaziyatda, bu vaqtda, bunday hisobda 200 foiz ishonchli bo‘lsagina penalti beriladi. Shubhalilar esa tekshiriladi.

Qaytaraman, Angliya finalga mos. Lekin Sterling endi yuk bilan yashaydi va unga bu yangilik emas. Daniya mag‘rur chiqib ketdi va chempionat bezagiga aylandi. Buyuk yozuvchi Gans-Xristian Andersen ertaklari orqali Daniyani butun dunyoga tanitgandi. 1992 yilgi jamoa yana bir unutilmas ertak yozib qoldirdi. Yevro-2020 dagi Daniya ham o‘sha klassikalar qatoridan joy oladi.

Manba: Davron Fayziyev
Kiritildi: 21:08, 08.07.2021.
O'qildi: 9351 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.