Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/10 15:00 Vissel Kobe 2-1 Shandong Taishan
02/10 15:00 Yokogama Marinos 4-0 Ulsan Xyonde
02/10 15:00 Tep Han Nam Din 0-0 Bangkok Yunayted
02/10 17:00 Tampines Rovers 3-1 Li Man
02/10 19:00 Ravshan 0-1 Al-Vakra
02/10 19:00 Oltin Asr 0-1 Xolidiya
02/10 19:00 Nasaf 2-1 Shabab al-Ahli
02/10 20:00 Ukraina 2-3 Braziliya
02/10 21:00 Al-Hussayn 2-1 Kuvayt SK
02/10 21:45 Jirona 2-3 Feyenoord
02/10 21:45 Shaxtyor 0-3 Atalanta
02/10 23:00 At-Ta'vun 1-2 Al-Quva al-Javiya
02/10 23:59 Shturm 0-1 Bryugge
02/10 23:59 Aston Villa 1-0 Bavariya
02/10 23:59 Dinamo Zagreb 2-2 Monako
02/10 23:59 Lill 1-0 Real Madrid
02/10 23:59 Liverpul 2-0 Bolonya
02/10 23:59 RB Leypsig 2-3 Yuventus
02/10 23:59 Benfika 4-0 Atletiko
03/10 20:00 Fransiya - Argentina
04/10 21:30 Napoli - Komo
04/10 23:45 Verona - Venetsiya
05/10 00:00 Leganes - Valensiya

Superliga. "Nasaf" voha derbisida "Mash’al"dan ustun keldi

Superliga. "Nasaf" voha derbisida "Mash’al"dan ustun keldi

Baho:
+ | -

Superliga 9-tur doirasidan o‘rin olgan "Nasaf" "Mash’al" uchrashuvi qarshiliklarning OFK kubogi guruh bahslarida ishtirok etganligi munosabati bilan qoldirilgan edi. Ushbu bellashuv bugun Qarshi markaziy stadionida "Nasaf" jamoasi Muborakning "Mash’al" klubini qabul qildi. Bellashuv ishqibozlar nigohida voha derbisi nomi bilan ahamiyatli hisoblanardi.

Shu sababdan ham bellashuv startidayoq har ikkala tomon ham hujumkor o‘yin namoyish etishga harakat qilishdi.

8-daqiqada "gazchilar" futbolchisi Akramovning yo‘llagan zarbasini mezbonlar darvozaboni A.Ne’matov egallab oldi.

14-daqiqada "ajdarlar"ning sebiyalik legioneri Marko Stanoyevich olis masofadan o‘z omadini sinab ko‘rdi biroq zarba biroz noaniq tus oldi.

16-daqiqada Burchakdan oshirib berilgan to‘pdan so‘ng mezbon klub futbolchilari raqib jarima maydonchasi ichida mayda uzatmalar orqali harakat qilishdi. G‘olib G‘aybullayev to‘pga so‘ngi zarbani berdi va uchrashuvdahisobni ochdi 1:0.

29-daqiqada Muborakliklarning afrikalik legioneri M.Okoroning zarbasini A.Ne’matov egallab oldi.

Birinchi bo‘lim kichik 1:0 hisobi bilan mezbonlar foydasiga hal bo‘ldi.

47-daqiqada "Nasaf"chilar a’zosi Akmal Mozgovoy qarshi hujumda hisobni o‘zgartirishi mumkin edi ammo Akmal to‘pni o‘zidan uzoqlashtirib yubordi va imkoniyatni qo‘ldan boy berdi.

63-daqiqada esa mezbonlar xavfli hujum uyushtirishdi. A.Turdialiyev qarshi hujumda H.Norchayevni qulay vaziyatga chiqarib yubordi ammo Husaynning zarbasiga aniqlik yetishmadi.

O‘yin yakuniga yaqin 71-daqiqada "Mash’al" jamoasi hujumchisi Humoyun Murtozayevning zarbasini Ne’matov bartaraf etdi.

Shu tariqa voha derbisi maqomini olgan bahsda yagona gol o‘yin taqdirini hal qildi.

"NASAF" – "MASH’AL" - 1:0

Gol: G‘olib G‘aybullayev 16, - 1:0.

"Nasaf": 35.Abduvohid Ne’matov, 5.G‘olib G‘aybullayev, 8.Dilshod Saitov, 15.Jo‘rabek Mannonov (3.Ja’farjon Karimov, 83), 19.Husayin Norchayev, 20.Suhrob Nurulloyev (50.SHohmalik Komilov, 69), 22.Akmal Mozgovoy, 70.Abubakr Rizo Turdaliyev (14.SHokir Yo‘ldoshev, 69), 77.Oybek Bozorov, 88.Marko Stanoyevich, 92.Umar Eshmurodov.

"Mash’al": 35.Dostonbek To‘xtaboyev, 2.Zafarbek Akramov (77.Ibrohim No‘monov, 80), 7.Ifeani Ifeani, 8.Ibe Mishel Okoro (13.SHahzod Shaymanov, 70), 11.Samuel Ononivu Chigoze, 15.Muhammadali Aliqulov, 17.Jamoliddin Ubaydullayev, 20. Xudoyorxon Sagdullayev (10.Humoyun Murtozayev, 46), 27.Muhammadali Yuldashev (18.Abbos Shodmonov, 70), 33.Sirojiddin Allayev, 99.Jahongir Abdusalomov (22.Sirojiddin Qo‘ziyev, 66).

Ogohlantirishlar: G‘olib G‘aybullayev 79,

 

Ma’lumot o‘rnida: Ushbu uchrashuv karantin qoidalari sababli muhlislar kirishiga ruxsat etilmadi.

Kiritildi: 22:07, 09.07.2021.
O'qildi: 3595 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.