Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Ro‘ziqul Berdiyev: «Bugun natija uchun o‘ynadik»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Bugun natija uchun o‘ynadik»

Baho:
+ | -

Coca-Cola Superliganing qoldirilgan 8-tur doirasidan o‘rin olgan "Nasaf" — "Mash’al" (1:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Muxlislarsiz futbol o‘z zavqini yo‘qotar ekan. Qandaydir boshqacha o‘yin o‘tkazdik. "Mash’al"ni o‘rganib chiqqanimizda ular boshqa jamoalardan ko‘ra ko‘proq yugurishini bilgan holda tayyorgarlik ko‘rdik. Mashg‘ulotlarda ham yigitlarga shundan kelib chiqib ko‘rsatmalar berdik. Bugun natija uchun o‘ynadik, chunki davralar oralig‘iga yaxshi kayfiyat bilan chiqib ketish biz uchun muhim edi. Shu sabab bugun shunga mos harakat qildik va natija biz uchun qoniqarli bo‘ldi.

Hozir boshqa jamoalar ta’tilga chiqib ketgan, bu holat bizning yigitlarga ruhan ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin. Shu sababdan bugun yigitlarda shijoat kamroqdek ko‘ringandir. Lekin jamoamiz bugun g‘alaba uchun astoydil harakat qildi va bunga erishdik.

Bizni oldinda xalqaro o‘yin kutib turibdi. Ayni damda klubimizda qarzdorlik bor ekan, rahbariyat bu masalani albatta ijobiy hal etadi deb o‘ylayman. Shundan kelib chiqib O‘zbekiston futbol assosiasiyasi ham bizni qo‘llab-quvvatlashidan umid qilamiz.

"Mash’al" bilan o‘yinlar derbi maqomida har doim qiziqarli bo‘lgan. Har ikki jamoa o‘zaro futbolchilar almashib turadi. Bizdan ham "Mash’al"ga o‘tgan futbolchilar bor, ayrimlar bu futbolchilar bizning tarbiyalanuvchilar ekanini xatto bilmaydi ham. "Mash’al"dan bizga o‘tgan futbolchilardan Sayfiyev, Suyunov, Musayev kabi futbolchilarning qay darajada o‘sishga erishganligini barcha yaxshi biladi", — deydi "Nasaf" ustozi.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 23:27, 09.07.2021.
O'qildi: 3223 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.