Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

“Rubin” futbol klubi Birinchi liga musobaqasidan chetlashtirildi

“Rubin” futbol klubi Birinchi liga musobaqasidan chetlashtirildi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Professional futbol ligasi Ijroiya qo‘mitasining 2021 yil 6 iyul kunidagi 03-sonli yig‘ilish bayoniga asosan “Rubin PFK” futbol klubi O‘zbekiston Professional futbol ligasi qatnashchilari safidan chiqarildi. 

“Rubin” futbol klubi O‘zPFL tomonidan belgilangan talablarni o‘z vaqtida bajarmagani, shuningdek, “2021 yilgi mavsumda O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalar reglamenti”ning 7.1-bandi talablarini belgilangan tartibda amalga oshirmagani uchun O‘zPFL qatnashchilari safidan chiqarildi. 

“Rubin” futbol klubi 2019 yilgi mavsumda O‘zbekiston Professional futbol ligasi musobaqalarida ishtirok etish uchun qatnashchilar safiga shartli ravishda qabul qilingan edi. Biroq hozirga qadar futbol klubi qator majburiyatlarni bajarishda qiyinchilikka duch keldi. Jamoa o‘zining uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan muqim stadionga ega emasligi sabab, o‘tgan ikki mavsum davomida stadionlarni uzluksiz o‘zgartirib keldi. O‘zPFL bu masalada futbol klubini istisno tariqasida qo‘llab-quvvatlab kelgan bo‘lsa-da, klub bir necha ogohlantirishlarga qaramay o‘sha stadionlarda futbol uchrashuvlarini tashkil etish masalalarida qator kamchiliklarga yo‘l qo‘ydi. 

Klubning moliyaviy imkoniyati inobatga olinib, O‘zPFL 2021 yilning 3 aprel kuni klub rahbariyati ishtirokida majburiyatnoma imzoladi. Shuning asosida 2021 yil 5 iyun kuni Birinchi liga musobaqasining 9-turi doirasidagi “Jizzax-bars” — “Rubin” futbol klublari o‘rtasidagi uchrashuv hamda 12 iyun kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan Birinchi liga musobaqasining 10-turi doirasidagi  “Rubin” — “Lokomotiv-BFK” futbol klublari o‘rtasidagi uchrashuvlarda “Rubin”ga texnik mag‘lubiyat yozildi.

“Rubin” klubi aniq moliyalashtirish manbasiga ega emasligi hamda yarim professional futbol klublari uchun qo‘yilayotgan talablar mazkur futbol klubi uchun og‘irlik qilayotgan kelib chiqib, unga hududiy assosiasiyalar tomonidan o‘tkazib kelinadigan quyi liga musobaqalarida ishtirok etishi tavsiya etiladi.  

“Rubin PFK” futbol klubini qatnashchilar safidan chiqarilgani munosabati bilan mazkur futbol klub va futbolchilar o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomalari muddatidan oldin bekor qilingan holatda ularning boshqa futbol klublari bilan imzolagan mehnat shartnomalarini O‘zbekiston Professional futbol ligasidan ro‘yxatdan o‘tkazilishiga ruxsat beriladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 23:35, 09.07.2021.
O'qildi: 3228 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.