Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting - Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal - Bayer
18/03 01:00 Chelsi - PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti - Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl

Yo Angliya, yo Italiya!

Yo Angliya, yo Italiya!

Baho:
+1 | -

Bugun, 11 iyul kuni bir oylik voqealarning mantiqiy yakuniga guvoh bo‘lamiz.

Bu safargi Yevropa chempionati avvalgilaridan hali boshlanmasdan keskin farq qilishi aniq bo‘lib ulgurgan edi. Turnirning butun Yevropa bo‘ylab o‘tishi (11 ta shaharda) va uning qoldirilishi (pandemiya bois) buni kafolatlab bo‘lgan edi. So‘ng musobaqa boshlangach biz ketma-ket kutilmagan va qiziqarli o‘yinlarga guvoh bo‘ldik. Eriksenning xushini yo‘qotishi, bir o‘limdan qolib so‘ng o‘nglanishi... eh-he, nimalar bo‘lmadi, deysiz?!

O‘ta go‘zal Italiya, o‘lim guruhidagi gigantlarga muammo bo‘lgan Vengriya, juda nursiz Rossiya va Turkiya, haddan ziyod pragmatik Angliya, omadsiz boshlab, keskin qo‘zg‘algan Ispaniya, oxirgi soniyalarda nimchorakka ilinga Ukraina... guruh bosqichi shu va boshqa o‘nlab alohida jarayonlar bilan yodimizda qoldi.

Keyin esa harorat yanada oshib bordi. Finalgacha o‘tgan 14 pley-off o‘yinidan 7 tasidan qo‘shimcha taymlarga murojaat etildi. 3 bor penaltilar seriyasigacha bordi ish. Ispaniya – Xorvatiya va Fransiya – Shveysariya o‘yini musobaqaning bezagiga aylandi! Supergollar, zargarona uzatmalar, tayanchdagi ajoyib harakatlar, himoyachilarning qahramonliklariyu darvozabonlarning seyvlari... uh-h! Dahshat o‘tdi bari!

Endi final qanday o‘tishini o‘ylasam ham xavotir bosyapti.

Birga ko‘ramiz – UzReport TVda!

Yo Angliya, yo Italiya!

Orif Tolipov tayyorladi.

Manba: https://t.me/FUTBOLTV
Kiritildi: 08:00, 11.07.2021.
O'qildi: 3430 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.