Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton

Donnarumma «Milan»ni tark etishdan oldin klub muxlislariga xat yozdi

Donnarumma «Milan»ni tark etishdan oldin klub muxlislariga xat yozdi

Baho:
+ | -

Janluiji Donnarumma yaqinda «Milan»ni tark etdi. Darvozabon yaqin vaqt ichida «PSJ» bilan shartnoma imzolashi kerak. Italiyalik posbon Instagram’dagi sahifasida muxlislariga xayrlashuv xatini yozdi.

«Tanlash ba’zan qiyin bo‘ladi, lekin bu rivojlanishning bir qismi. ‘Milan’ga o‘smirligimda kelganman. Sakkiz yildan beri ushbu klub libosini faxr bilan kiyaman. Biz futbolchilar, murabbiylar, klubda bo‘lganlarning hammasi va albatta, men ko‘p yillar davomida oila deb bilgan jamoaning ajralmas qismi bo‘lgan muxlislar bilan birgalikda kurashdik, azoblandik, muvaffaqiyat qozondik, yig‘ladik va zafarlarni nishonladik. Shuningdek, shaxsiy yutuqlarga erishdim, masalan, A Seriyada 16 yoshimda debyut qilganman. Buni hech qachon unutmayman.

Endi xayrlashish vaqti keldi. Bu oson tanlov bo‘lmagan va, albatta, bu xat buni tushuntirish uchun yetarli emas. Men buni hech qachon tushuntira olmayman, chunki eng chuqur tuyg‘ularni so‘z bilan ifodalash mumkin emas. Ba’zan yo‘lni o‘zgartirish, yangi muammolarni boshdan kechirish va yanada mukammal bo‘lish uchun to‘g‘ri tanlov deb aytishim mumkin. Men klubda dastlabki kundan boshlab so‘nggi kungacha uchrashgan barcha inson meni bugungi Donnarummuga aylantirgan hayot yo‘lining muhim qismi sifatida yuragimda abadiy saqlanib qoladi.

Ushbu ranglarga bo‘lgan muhabbatim tufayli ‘Milan’ga chin yurakdan muvaffaqiyatlar tilayman. Bu tuyg‘ularni biron bir masofa va yillar unuttira olmaydi», — deb yozgan Donnarumma.‌‌

Kiritildi: 10:49, 14.07.2021.
O'qildi: 3295 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.