Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Sterling yiqitilgan vaziyatda penalti to‘g‘ri belgilanganmidi? UYEFA hakamlar qo‘mitasi raisi javob berdi

Sterling yiqitilgan vaziyatda penalti to‘g‘ri belgilanganmidi? UYEFA hakamlar qo‘mitasi raisi javob berdi

Baho:
+ | -

UYEFA Hakamlar qo‘mitasi raisi Roberto Rozetti Yevro-2020 yarim final bosqichi bo‘lib o‘tgan Angliya va Daniya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni boshqargan hakam Danni Makkeli daniyaliklar darvozasi tomon penalti to‘g‘ri belgilanganini aytib o‘tdi. Eslatib o‘tamiz, inglizlar hujumchisi Rahim Sterling jarima maydonchasi yiqilgan paytda belgilangan penalti bahslarga sabab bo‘ldi. Angliya esa qo‘shimcha bo‘limlarda ushbu vaziyat yordamida gol urib, g‘alabani ilib ketdi.

«Biz ushbu vaziyatni muhokama qilishimiz mumkin. Chunki, biz muhokamalar uchun ochiqmiz. Ammo penalti to‘g‘ri belgilandi. Hakam vaziyatni ko‘rdi, videoassistent referi tizimi (VAR) qaror to‘g‘ri ekanini tasdiqladi. Bu vaziyatda himoyachi to‘pga tegmadi, ammo hujumchi bilan kontakt bor edi», — dedi Rozetti.

Rozetti, shuningdek, Yevropa chempionatida hakamlar ishi a’lo darajada bo‘lganini ta’kidladi.

«Evro-2020da hakamlik muvaffaqiyatli bo‘ldi. Biz hakamlar, ularning yordamchilari hamda VARning a’lo darajada ishlaganiga guvoh bo‘ldik. 51ta o‘yin o‘tkazildi, tanqidlar uchun sabablar esa kam bo‘ldi.

Shuningdek, o‘yinchilar, murabbiylar hakamlarni hurmat qilishganini ta’kidlashni istardim. Shu bois, musobaqa davomida hakamlik saviyasi va VAR ishidan to‘la qoniqish hosil qildik», — dedi Rozetti.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 18:52, 14.07.2021.
O'qildi: 3937 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик