Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Borussiya D 1-0 PSJ
02/05 20:30 Iroq 2-1 Indoneziya
02/05 23:30 Chelsi 2-0 Tottenhem
03/05 20:30 Yaponiya - O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza - Monpelye
03/05 23:45 Torino - Bolonya
04/05 00:00 Luton - Everton
04/05 00:00 Lans - Loryan
04/05 00:00 Xetafe - Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal - Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad - Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr - Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko

Peres «Real» afsonalarini haqoratladi

Peres «Real» afsonalarini haqoratladi

Baho:
+ | -

Ispaniyaning "El Confidencial" nashri «Real Madrid» prezidenti Florentino Peresning ovozi yozilgan shov-shuvli materiallar chiqardi. Unda klub afsonalari keskin tanqid qilingan va xaqoratlangan. Ba’zi birlarini keltirib o‘taman:

— Ronaldu tentak. U axmoq, sog‘ emas.

— Mourinyo va Ronaldu egoistlar. Bu buzilgan odamlar. Haqiqatni ko‘ra olishmaydi. Agar o‘zini to‘g‘ri tutganda yanada ko‘p ishlab topishardi.

— Kasilyas va Raul «Real» tarixidagi ikki eng katta mug‘ombirlar. Kasilyasning aqli yo‘q. Ayolining oldida o‘zini yo‘qotib, yosh bolaga aylanib qoladi. Uni hamma yaxshi ko‘radi. Lekin, u «Real» darvozabonligiga mos emas. U «Real»ning omadsizligi. Yana bitta shunaqasi bu Raul.

— Del Boske umuman murabbiymas. Taktikani bilmaydi. U shunchaki ahmoq. U faoliyatimdagi eng katta yolg‘onchi. Uning paytida Figu, Yerro va Raul klubda kattaroq obro‘ga ega bo‘lishgan.

Bu Peres tomonidan xaqiqatdan aytilgan gaplarning bir qismi. U bu fikrlarni ancha avval kim bilandir shaxsiy muloqotda bildirgan. Yillar o‘tib ommaga tarqaldi. Florentino bunda jurnalist Xose Antonio Abellanni ayblamoqda. Uning fikricha, Abellan yozuvlarni e’lon qilmaslik uchun 10 million yevro talab qilgan. Peres jurnalistni sudga bermoqchi.

Albatta, shaxsiy muloqotni ommaga chiqarish yaxshi emas. Bu alohida mavzu. Men esa bu voqeada bir narsani anglayapman. «Real Madrid» o‘z afsonalariga e’tibor qilmaganning ortida Peresning shaxsiy adovati, o‘zidan yuqorilayotganni qabul qilolmaslik, tan olmaslik va hurmatsizlik yotibti. Uning asl fe’li ochildi. Bu inson u boshqarayotgan klub uchun olamshumul g‘alabalar olib kelgan buyuk shaxslarni kamsitish, o‘zidan past ko‘rish, xizmatlarini yerga urish bilan shug‘ullangan. Kasilyas, Raul, Ramosdek fidoyi liderlar bekorga «Real»dan xafa bo‘lib ketishmagan. Hammasining ortida Florentino kabi egoist va adekvatlikdan yiroq rahbar turibti. O‘sha yozuvlardagi fikrlar ancha eski. Masalan Del Boske o‘shandan so‘ng terma jamoada Jahon va Yevropa chempionligini qo‘lga kiritdi.

Peresning o‘z qo‘l ostida ishlagan katta nomlarni obro‘sizlantirish siyosati bugunga kelib haqiqiy yuzi namoyon etilishiga sabab bo‘ldi. U haqoratlaganlarni esa butun dunyoda millionlab muxlislar e’zozlaydi va hurmat qiladi.

Davron Fayziyev.

Manba: https://t.me/Davron_Fayziev
Kiritildi: 07:40, 16.07.2021.
O'qildi: 8263 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.