Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing
17/09 18:00 Navbahor 3-2 Dinamo
17/09 22:00 Betis 1-0 Xetafe
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 23:45 Monsa - Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol - Elche
19/09 00:00 Brentford - Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem - Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna - Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona

Karlo Anchelotti: «Alaba - juda yuqori saviyadagi futbolchi»

Karlo Anchelotti: «Alaba - juda yuqori saviyadagi futbolchi»

Baho:
+ | -

Karlo Anchelotti OAV uchun Madrid klubidagi vaziyatni tahlil qildi. Italiyalik mutaxassis mavsumoldi mashg‘ulotlardagi faoliyati va jamoasidan nima talab qilgani haqida gapirdi.

Talablar haqida

«Biz ushbu klubning tarixini hisobga olishimiz kerak. Jamoa yaxshi o‘ynashi, maydonda o‘z saviyasini ko‘rsatishi kerak. Biz ajoyib futbolni ko‘rsatishimiz, to‘pga ko‘proq egalik qilish bilan o‘ynashimiz
kerak - bu bugungi kun talabidir: ritm, to‘p bilan va to‘psiz o‘yin hozirgi paytdagi futbolning asosiy qismidir»

Jamoa haqida

«O‘tgan 10 kun ichida biz ko‘p ishlarni amalga oshirdik. Jamoa juda ko‘p mashq qildi, biz jismoniy, texnik va taktik ishlarni birlashtiramiz.

Futbolchilar juda yaxshi harakat qilishmoqda. Men yosh futbolchilarning juda yuqori saviyasini va tajribali o‘yinchilarni ularga yordam berayotganini ko‘rdim. Ushbu holat menga juda yoqadi:
Avval, men ko‘pchilikni yaxshi bilmas edim. Karvaxal, Marselo, Nacho, Lukas
Vaskes va Isko kabi futbolchilarning fidoyiligi - yillar davomida ular jamoa bilan hamma narsani yutishdi, ammo ular hali ham to‘la oldinga borishni va barchamiz xohlaganidek ajoyib mavsumni o‘tkazishni xohlaydi»

David Alab haqida

«Bu juda yuqori darajadagi o‘yinchi. Bundan tashqari, Alaba himoya taktikasini juda
yaxshi biladi. «Bavariya»da u yaqingacha markaziy himoyachi sifatida o‘ynadi va buni juda
ishonchli amalga oshirdi. U chap qanotda ham o‘ynagan.

Mazkur joyda ham o‘ziga yarasha tajribali. Xuddi Avstriya terma jamoasi bilan bo‘lganidek, Alaba ikki pozisiyada ham o‘ynashi mumkin. Maydon markazida va chap qanotda. Shubhasiz, Alaba mavsumni yaxshi o‘tkazishiga ishonaman»

 

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi

Kiritildi: 14:11, 17.07.2021.
O'qildi: 3021 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик