Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon 0-1 Guliston
29/08 19:00 Neftchi 1-0 Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted - Ipsvich
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

Ta’ziya. Murod Xonto‘rayev avtohalokatga uchrab, vafot etdi

Ta’ziya. Murod Xonto‘rayev avtohalokatga uchrab, vafot etdi

Baho:
+1 | -

Sobiq MMA jangchisi Murod Xonto‘rayev avtohalokatga uchrab vafot etdi.

Bu haqda Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot kotibi Bobur To‘laganov xabar berdi. O‘zbekiston MMA assosiasiyasi vise-prezidenti Murod Xonto‘rayev 19 iyul, dushanba kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida o‘z boshqaruvidagi «BMW X5» avtomashinasida avtohalokatga uchrab, vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan IIV Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi matbuot xizmati to‘liq ma’lumot berdi.

«2021 yilning 19 iyul kuni soat 11:30 larda, Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani hududidan o‘tuvchi 4R-12 avtomobil yo‘lining 68-kilometrida bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan «Lacetti» hamda «BMW X5» rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. To‘qnashuv oqibatida «BMW X5» rusumli avtomobil yo‘ldan chiqib ketib ag‘darilgan.

Natijada, «BMW X5» rusumli avtomobil haydovchisi, 1987 yilda tug‘ilgan M.X. voqea joyida vafot etgan va ushbu avtomobil yo‘lovchisi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Bo‘stonliq tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda», — deyiladi bayonotda.

Ma’lumot uchun, «Osiyo ayig‘i» laqabi bilan mashhur bo‘lgan Xonto‘rayev 1987 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. MMA’dagi professional faoliyatini 2013 yilda boshlagan Murod Xonto‘rayev jami 15 ta jang o‘tkazib, ularning 12 tasida g‘alaba qozongan, uchta jangda mag‘lub bo‘lgan, yana bitta jang natijasi bekor qilingan.

Manba: daryo.uz

Мурод Хонтўраевнинг оила аъзолари ва яқинларига таъзия билдирамиз. Марҳумнинг охирати обод бўлсин.

Kiritildi: 23:02, 19.07.2021.
O'qildi: 8047 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик