Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

«Qo‘qon-912» o‘rtoqlik o‘yinida yirik hisobda g‘alaba qozondi

«Qo‘qon-912» o‘rtoqlik o‘yinida yirik hisobda g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

Davralar oralig‘idagi tanaffusdan unumli foydalanib, ikkinchi davraga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rayotgan “Qo‘qon-1912” jamoasi, bugun Toshkent shahrida nazorat uchrashuvini o‘tkazdi.

“Shunqorlar”ning raqibi Termizning “Surxon” jamoasi bo‘ldi. Baxtiyor Ashurmatov o‘rtoqlik o‘yinida tarkibda bo‘lib turgan barcha futbolchilarga o‘ynash imkonini berdi. Jarohat sababli Murod Xolmuhammedov hamda yaqinda o‘z vatanidan qaytib kelgan Slavko Lukich bugungi o‘yinda qaydnomaga kiritilmadi.

Uchrashuv qo‘qonliklarning hujumlari bilan boshlandi. O‘yinning dastlabki daqiqalarida Hamidillo Abduhamidov hamda Shohnazar Norbekovda qulay imkoniyatlar yuzaga keldi, lekin ular bu vaziyatlardan foydalana olishmadi. O‘yinning 35-daqiqasiga kelib raqib himoyachilari Abduhamidovni to‘xtatib qolishni uddasidan chiqa olishmadi. Hamiddillo darvozabon bilan deryali birga-bir vaziyatga chiqib , uchrashuvdagi hisobni ochdi.

53-daqiqada chap qanotdan raqib jarima maydonchasiga yorib kirgan Suhrob Berdiyev ikki nafar raqibni aldab o‘tdi va darvoza tomon aniq zarba yo‘llab hisobni o‘zgartirdi. Ikkinchi goldan so‘ng termizlik futbolchilar hisobni qisqartirish uchun oldinga intilishdi. Qarshi hujumda Anvar Hojimirzayev himoyachilardan qochib ketdi va “Surxon” darvozasiga uchinchi golni kiritdi.   

Uchrashuvning qolgan qismida har ikki jamoa futbolchilari harchand urinishmasin darvozalarga boshqa gol kiritilmadi. Shunday qilib  “shunqorlar” qurbon hayiti bayramini nishonlash uchun  yuqori kayfiyatda uylariga jo‘nab ketishdi.

O‘rtoqlik uchrashuvi
"Qo‘qon-1912" - "Surxon" - 3:0
Gol: Hamidillo Abduhamidov (35), Suhrob Berdiyev (53), Anvar Hojimirzayev (66)

Manba: https://t.me/FCKOKAND
Kiritildi: 23:13, 19.07.2021.
O'qildi: 3452 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.