Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Braziliya va Ispaniya: Olimp sari yulduzli tarkib bilan...

Braziliya va Ispaniya: Olimp sari yulduzli tarkib bilan...

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Dunyodagi aksariyat siz va biz tanigan futbol yulduzlari katta yo‘lni bosib o‘tgan. Bu yo‘l tarkibida shubhasiz Olimpiya o‘yinlari ham ham mavjud bo‘lgan. Lionel Messi, Neymar, Kasilyas kabi mashhurlar dastlab aynan Olimpiya o‘yinlarida kashf etilgan. Siz bilan quyida birinchi o‘rin uchun eng muhim da’vogar ikki davlat termasi va uning kelajagi porloq bo‘lgan o‘yinchilari haqida gaplashamiz.

Braziliya.

Braziliya terma jamoasi 5 yil oldingi chempionlik tojini himoyalash uchun kun chiqar tomonga otlangan. Tarkibida bir qator taniqli yulduzlari bo‘lgan Janubiy Amerika vakili bu safar ham eng jiddiy da’vogarlar qatorida. Xususan, ularda «Arsenal» yulduzi Gabriyel Martinelli, «Borussiya» a’zosi Reyner hamda eng muhim figuralardan biri, Kopa Amerika finali ishtirokchisi, «Everton» klubi a’zosi Richarlisonlar mavjud. Dastlab, 24 yoshli futbolchiga klubi Yaponiya safariga ruxsat bermagan edi. Keyinchalik Premiyer Ligada «Everton»ning ilk o‘yiniga yetib kelishi ma’lum bo‘lgach, unga izn berildi. Qolaversa, «Aston Villa» yarimhimoyachisi Duglaz Luiz ham asosiy tarkib o‘yinchisi sifatida qayd etilgan. «Gerta» hujumchisi Matyus Kunya, «Sevilya» himoyachisi Diyego Karloslar ham chempionlik uchun kurashda ishtirok etishi tasdiqlangan. Undan tashqari eng qariya va tajribali faxriy o‘yinchi Dani Alvesh ham Braziliyaga yordam berish uchun jalb etilgan.

Ispaniya.

Ispaniya terma jamoasi tarkibida ham shunga o‘xshash holat. Yevro 2020da qatnashgan futbolchilarning kamida 6 tasi Yaponiyaga yo‘l olgan. Ro‘yxat boshida «Barselona»ning 17 yoshli talanti Pedri, «Real Sosedad» hujumchisi Mikel Oyarzabal, «Leypzig» a’zosi Dani Olmo, «Atletik Bilbao» darvozaboni Unay Simon, «shaharliklar»ning sobiq o‘yinchisi Erik Garsia hamda «Vilyareal»ning Pau Torres ismli futbolchilar keltirilgan. Qolaversa, Yevroda qatnashmagan ammo Olimpiyaga yo‘l olayotganlar tarkibida «Nyukasl» klubi sobiq a’zosi (hozir «Real Sosedad»da) Mikel Merino, «Real»dan Dani Sebalyos va Marko Asensiyolar bor. Musobaqa uchun yana bir umidli hujumchi tanlab olingan. Bu 2018 yilda «Vulverhempton»da to‘p surib omadi yurishmagan va o‘tgan mavsumda La liga klubi «Ueska» safida 38 ta o‘yinda 13 gol urishga erishgan – Rafa Mir.

Mana shunday yulduzlarga boy tarkib bilan Olimp sari jo‘nayotgan har ikki davlat termasiga ham omad va zafarlar tilab qolamiz. Bizda esa Olimpiyadaning futbol bahslarini tomosha qilib, ularni qaytadan kashf etish imkoni mavjud.

Jaloliddin ISMATOV tayyorladi

Kiritildi: 22:53, 21.07.2021.
O'qildi: 5584 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.