Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted

Veynaldum nima uchun «PSJ»ga o‘tganini ma’lum qildi

Veynaldum nima uchun «PSJ»ga o‘tganini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

«PSJ» yarim himoyachisi Jorjinyo Veynaldum nega erkin agent bo‘lganida nima uchun «Barselona» o‘rniga Parij klubini tanlaganini aytib berdi.

«Tanlash qiyin bo‘ldi. Men bolaligimdan «Barselona»ning muxlisi bo‘lganman.
Biz ushbu jamoa bilan muzokara olib bordik, men Ispaniya klubiga o‘tmoqchi edim, shuningdek, «PSJ» va boshqa klublardan ham taklif bor edi.

«PSJ» men bilan «Barsa»dan ham oldinroq muloqot qila boshlagandi. Biz ba’zi fikrlarni muhokama qildik, ammo bu to‘liq ma’noda muzokaralar emas edi. «Barsa» menga qiziqib qolganidan keyin «PSJ» yana taklif bilan chiqdi. Men Leonardo bilan, keyinchalik «Tottenxem» orqali tanish bo‘lgan Pochettino bilan gaplashdim - u bilan bir marta suhbatlashdim, chunki u meni Parijga taklif qilmoqchi edi.

Pochettino menga «PSJ» qanday loyihani qurayotganini tushuntirdi. Klub nafaqat Fransiyadagi, balki Yevropadagi sovrinlarni ham yutishni istayotganini tushuntirdi. U klub qanday ekanligini aytib berdi. Men buni qiziqarli loyiha deb o‘yladim va takliflarni tinglashga tayyor ekanligimni aytdim.
Shu paytdan boshlab muzokaralar boshlandi. Hammasi juda yaxshi ketayotgani yo‘q edi, lekin ular men bilan shartnoma imzolash uchun hamma narsani qilishdi. Keyin esa men ularning taklifini qabul qildim», - deya «RMC Sport» nashri futbolchisining so‘zlarini keltiradi.

Kiritildi: 10:10, 23.07.2021.
O'qildi: 3353 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.