Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Tokio-2020: Birinchi kunda 11 nafar hamyurtimiz ishtirok etadi

Tokio-2020: Birinchi kunda 11 nafar hamyurtimiz ishtirok etadi

Baho:
+ | -

Bugun Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining ilk kuni. Unda terma jamoamizning 11 nafar vakili ishtirok etadi. Quyida ularning chiqishi haqidagi ma’lumotlarni havola qilamiz:

XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarida hamyurtlarimiz ishtirokini birinchi bo‘lib mergan qizimiz Muxtasar Tohirova boshlab beradi. Namanganlik sportchimiz 10 metrdan miltiqdan otish bo‘yicha saralash dasturida qatnashadi. Mazkur musobaqa Toshkent vaqti bilan 04:30 da boshlanadi.

Shundan so‘ng qilichbozlarimiz bahslarga kirishadi. Dastlab 05:30 da sablyachimiz Sherzod Mamutov ruminiyalik Yulian Teodosiu bilan hisob-kitob qilsa, 07:25 da shpagachimiz Malika Hakimova xitoylik Yiven Sunga qarshi jang olib boradi.

Soat 07:00 da velosportchimiz Murodjon Xolmurodov velosportning shosse yo‘nalishida 234 km masofada o‘tkaziladigan guruh poygasidagi startini boshlaydi.

Tokio kanallarida akademik eshkak eshuvchilarimiz Shahboz Xolmirzayev va Sobir Safaraliyev soat 06:50 dan e’tiboran saralash bahslariga kirishadilar. Hamyurtlarimiz birinchi guruhda 4-yo‘lakda harakat qilishadi.

Shuningdek, soat 07:00 da tennischimiz Denis Istominning hindistonlik Sumit Nagalga qarshi kortga chiqadi.

Shundan so‘ng e’tiborimizni boks bahslariga qaratamiz. Soat 07:30 da ayollar o‘rtasida -69 kg vazn toifasida ishtirok etadigan hamyurtimiz Shahnoza Yunusova polshalik Karolina Kosevskaga qarshi ringga ko‘tariladi. Taxminan soat 10 da esa yana bir bokschimiz Sanjar Tursunov (-91 kg) ishtiroki kutib turibdi. Unda hamyurtimiz jazoirlik Abdulxafid Benchablaga qarshi to‘qnash keladi.

Rasuljon Abdurahimov soat 15:30 dan boshlanadigan sport gimnastikasining ko‘pkurash yo‘nalishi, saralash bosqichida ishtirok etadi.

Shubhasiz, ushbu kun doirasida ko‘pchilikning e’tibori dzyudo bahslariga qaratiladi. Unda Sharofiddin Lutfillayev -60 kg vazn toifasida bahs olib olib boradi. Polvonimiz musobaqani Ukraina va Gvatemala vakillari o‘rtasidagi bahs g‘olibiga qarshi boshlaydi. Dzyudo bahslari soat 07:00 dan boshlanadi. Hamyurtimiz birinchi davradan erkin o‘tgani uchun uning ishtiroki taxminan 30-40 daqiqalardan keyin boshlanadi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi bo‘lajak bahslarda barcha hamyurtlarimizga omad va zafarlar tilab qoladi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 00:07, 24.07.2021.
O'qildi: 7655 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик