Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/07 02:00 Fransiya 3-0 Shvesiya
01/07 06:00 Meksika 2-0 Ekvador
01/07 21:00 Angliya 2-1 Kongo DR
02/07 01:00 Belgiya 3-2 Senegal
02/07 05:00 AQSh 2-0 Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya - Avstriya
03/07 04:00 Portugaliya - Xorvatiya
03/07 08:00 Shveysariya - Jazoir
03/07 23:00 Avstraliya - Misr

Tokio-2020. Boks. Muvaffaqiyatsizliklar davom etadi: Sanjar Tursunov ham yutqazdi

Tokio-2020. Boks. Muvaffaqiyatsizliklar davom etadi: Sanjar Tursunov ham yutqazdi

Baho:
+ | -

Tokioda boshlangan yozgi olimpiya o‘yinlarining dastlabki kuni O‘zbekiston delegasiyasi uchun juda muvaffaqiyatsiz kelmoqda. Sportchilarimiz birin-ketin muvaffaqiyatsiz ishtirok eta boshlashdi. Ularning safini esa bokschimiz Sanjar Tursunov to‘ldirdi.

91 kg. vaznda Yaponiyaga tashrif buyurgan Sanjar ilk saralash bosqichidayoq o‘z yurishini to‘xtatdi. U jazoirlik Abdulhafiz Benshablaga qarshi ringga ko‘tarilib, imkoniyatni boy berdi.

Raqib jangni faol boshladi va ilk daqiqalarda ochkolarni ko‘paytirib oldi. Tursunov e’tiborini kuchli zarbalarga qaratgan bo‘lsa, Benshabla "jeb" zarbalar sonini ko‘paytirishga urindi. Natijada birinchi raund Abdulhafiz foydasiga hal bo‘ldi.

Hamyurtimiz ikkinchi va uchunchi raundlarni faollik oshirishga harakat qildi, ammo u to‘la ustunlikka ega bo‘la olmadi. Kichik ustunlik esa yakunda Abdulhafizning g‘alabasini ta’minladi — 1:4 (29-28, 28-29, 28-29, 28-29, 27-30).

Shu tariqa, eng ko‘p medal jamg‘arishi kutilayotgan boks sport turidan ilk kundayoq yo‘qotishga uchradik.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 10:58, 24.07.2021.
O'qildi: 14910 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик