Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/06 03:00 Urugvay 2-2 Kabo-Verde
22/06 06:00 Yangi Zelandiya 1-3 Misr
22/06 22:00 Argentina 2-0 Avstriya
23/06 02:00 Fransiya 3-0 Iroq
23/06 05:00 Norvegiya 3-2 Senegal
23/06 08:00 Iordaniya 1-2 Jazoir
23/06 22:00 Portugaliya - O‘zbekiston
24/06 01:00 Angliya - Gana
24/06 04:00 Panama - Xorvatiya
24/06 07:00 Kolumbiya - Kongo DR
24/06 23:59 Shveysariya - Kanada
24/06 23:59 Bosniya-Gertsegovina - Qatar

Tokio-2020. Denis Istomin ham olimpiada bilan xayrlashdi

Tokio-2020. Denis Istomin ham olimpiada bilan xayrlashdi

Baho:
+ | -

Tajribali tennischimiz Denis Istomin ham Tokio-2020 olimpiadasi bilan ilk bosqichdayoq xayrlashdi. Vatandoshimiz hindistonlik Sumit Nagalga qarshi kortga chiqib, 3 set davomida bahs olib bordi.

Birinchi bo‘lim tengma-ket kurashlar ostida kechdi va hisob 4:4 bo‘lib turganida Istomin 2ta breyk-pointga ega bo‘ldi. Ammo Denis undan foydalana olmadi. Aksincha, hind raketkasi keyingi geymda raqibining to‘p kiritishida ochko olib, setni o‘z foydasiga hal qildi — 6-4.

Ikkinchi bo‘limda Nagal faol boshlab, tezda breykni amalga oshirdi. Set davomida Istomin ham raqibining to‘p oshirishida ochko oldi va taybrekkacha olib bordi. "Lotereya"da hamyurtimiz 8-6 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchinchi bo‘lim ham tengkurashlar ostida kechdi. Bo‘lim so‘ngida Sumit breykni amalga oshirib, setni va bahsni o‘z foydasiga hal qildi — 6:4.

Tokio-2020. Tennis. Erkaklar, yakkalik, 1/64 final
Sumit Nagal (Hindiston) - Denis Istomin (O‘zbekiston) - 2:1 (6-4, 6-7 (6), 6-4)

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 11:23, 24.07.2021.
O'qildi: 3763 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик