Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/12 00:45 Lasio 1-1 Atalanta
29/12 16:30 Udineze 2-2 Torino
29/12 19:00 Napoli 1-0 Venetsiya
29/12 19:30 Lester 0-2 Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem 2-2 Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas 2-1 Sautgempton
29/12 20:00 Everton 0-2 Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem 2-2 Bornmut
29/12 22:00 Yuventus 2-2 Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem 0-5 Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche
31/12 00:45 Bolonya - Verona
31/12 00:45 Ipsvich - Chelsi
31/12 00:45 Aston Villa - Brayton
31/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl

«Chelsi» uchun eng munosib hujumchi kim?

«Chelsi» uchun eng munosib hujumchi kim?

Baho:
+ | -

Barchaga ma’lumki, «Chelsi» ushbu yozda kuchli hujumchi sotib olishga ahd qilgan. «Aristokratlar» shortlistidan bir nechta hujum vakillari joy olgan. Ammo ularni «Stemford Brij»ga olib kelish oson bo‘lmaydi. Buning uchun yaxshigina mablag‘ va harakat talab etiladi. Pastda London klubiga mos bo‘lgan variantlar haqida bilib olasiz.

Avvalo bu borada klub hamshahari «Tottenhem»ning mahsuldor, ammo omadsiz bo‘lgan hujumchisi Harri Keynni aytish o‘rinli bo‘lgan bo‘lardi. Premiyer Liganing eng ko‘p gol urgan 29 yoshli futbolchisiga haridorlar judayam ko‘pligi sababli uni transfer qilish endi deyarli imkonsiz ishga aylangan. «Tottenhem» direktori Daniyel Levi u uchun kamida 100 million funt so‘raydi. Bu esa o‘ttizga yaqinlashib qolgan hujumchi uchun qimmatroq narxdir.

Agar «Chelsi» muttasadilari katta mablag‘ evaziga hujumchi sotib olishi kerak bo‘lsa yana bir variantni taqdim etish mumkin. Bu klubning sobiq belgiyalik futbolchisi Romelu Lukakudir. Barchamiz o‘tgan mavsumda uning «Inter» safida yuqori darajada o‘yin ko‘rsatganiga guvohi bo‘ldik. «Manchester Yunayted»da erisha olmagan orzusini u A seriyada amalga oshirdi. Albatta, Lukaku Keynga qaraganda pastroq narxda baholanishi ehtimol. Ammo uni klubi qo‘yib yuborarmikin? Mana bu jiddiy savol...

Oxiriga paytlarda «Chelsi» rahbariyati Levandovski transferi haqida o‘ylayotgani gapirilmoqda. Sayyoramizdagi eng yaxshi hujumchi sanalgan polshalik butun Germaniyani larzaga soldi. Ikki mavsum davomida u haqiqatdan ham o‘z yoshligini qaytadan boshdan kechirdi deyishimiz mumkin. Levandovski uncha qimmat bo‘lmagan 50 million yevroga baholanayotgani ma’lum qilingan. Biroq 33 yoshli hujumchi uchun ushbu mablag‘ sarflanishi qanchalik mantiqqa to‘g‘ri keladi? Harxolda, uning maydonda harakat qilish imkoniyatlari tez orada pasayib ketadi.

Nima bo‘lgan taqdirda ham Erling Xoland bu yozda klubning top prioriteti bo‘lib qolaveradi. Bu xarid amalga oshishi qiyin, qimmat, ammo klub uchun optimal yechim bo‘lgan bo‘lardi. 21 yoshli norvegiyalik uchun xaridorlar bisyor bo‘lib turgan bir paytda 150 millionlik taklif ham nemis klubini qanoatlantirmasligi tabiiy, albatta. Bundesligada Xoland ko‘rsatgan o‘yin aql bovar qilmas darajada ajoyib. Bir yarim mavsum davomida yaxshi o‘sish ko‘rsatkichlari namoyish eta olgan o‘spiringa yangi ligaga ko‘chish zarar qilmas edi. Shunday ham bo‘ladi. Lekin bu yoz emas. Abramovich esa futbolchi uchun maksimal harakat qilishini bildirib o‘tgan. Boz ustiga o‘tgan mavsumdagi «Chelsi»ning xaridlari hazilakam mablag‘ amalga oshmagan. Shunga yarasha klub bir yil davomida «Evropa chempionlari» degan sharafli nomni o‘zlari bilan olib yurishadi. Yangi mavsumda ular buni saqlab qolish uchun kurashga kirishadi.

Jaloliddin ISMATOV

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:08, 24.07.2021.
O'qildi: 7493 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.