APL vakili «Vest Hem» klubi kecha mavsumoldi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi. Shotlandiyaning «Seltik» klubiga qarshi o‘tgan bahs londonliklarning yirik, 2-6 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
Unda «bolg‘achilar» hujumchisi Antonio o‘zining 9 raqamli libosida maydonga tushgan va ikkita gol urishga erishgan. Avvalgi mavsum u 30 raqamda to‘p surar edi.