Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Tokio-2020. Rashitovga yutqazgan britaniyalik taekvondochi jangdan keyin nimalar dedi?

Tokio-2020. Rashitovga yutqazgan britaniyalik taekvondochi jangdan keyin nimalar dedi?

Baho:
+ | -

Tokio-2020 olimpiadasining taekvondo musobaqasida Ulug‘bek Rashitov haqiqiy sensasiya sohibiga aylandi. U nimchorak finalda koreyalik yulduzni musobaqadan chiqarib yuborgan bo‘lsa, hamyurtimiz finalda reytingning 2-pog‘onasini egallab turgan Bredli Sindenni dramatik kechgan bahsda mag‘lub etdi.

Britaniyalik taekvondochi final jangi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Bu oltin medal meniki bo‘lishi kerak. Ammo raqibim yaxshi jangchi ekan. U kun davomida yaxshi saviyadagi sportchilarni musobaqadan chiqarib yubordi.

Men finalda bir nechta xatolar qildim. Ba’zi narsalarda esa omadim kelmadi. Ammo bu taekvondo. Bir nechta xatolar qilganim uchun raqibimning kambek qilishiga imkon berdim.

Rashitovni yaxshi eslab qolaman. U o‘zini yaxshi bajardi. Meni esa Parijdagi olimpiadada yana ko‘rasiz.

Men Tokioga oltin medalni qo‘lga kiritish uchun kelgandim. Shu bois, kumush medalni bayram qilmayman. Mening murabbiyim hamisha bir gapni takrorlaydi: "Kumush — bu eng birinchi omadsizlik". Men oltin medalni qo‘lga kirita olmadim. Men yanada kuchliroq bo‘lib qaytaman", — dedi Sinden.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 07:47, 26.07.2021.
O'qildi: 12460 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.