Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rasman! Superliga ikkinchi davra uchrashuvlari muxlislarsiz o‘tkaziladi

Rasman! Superliga ikkinchi davra uchrashuvlari muxlislarsiz o‘tkaziladi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining ikkinchi davrasidan e’tiboran, chempionat muxlislarsiz o‘tkaziladi. Bu haqida O‘zPFL matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan shu yil 5-iyul sanasidagi e’lon qilingan Respublika maxsus komissiyasining sport turlari bo‘yicha musobaqalarni muxlislarsiz o‘tkazish bo‘yicha qarori asosida O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladigan barcha futbol musobaqalari muxlislarsiz o‘tkaziladi», deb aytiladi O‘zbekiston Professional futbol ligasi tarqatgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Superligasi ikkinchi davra bahslari rasman 30 iyuldan boshlanadi.

Kiritildi: 14:22, 27.07.2021.
O'qildi: 3569 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик