Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Jyul Kunde. Yosh fransuz himoyachisi haqida

Jyul Kunde. Yosh fransuz himoyachisi haqida

Baho:
+ | -

Bugun «Sevilya» klubining yosh himoyachisi Kunde haqida siz bilmagan haqiqatlar bilan o‘rtoqlashamiz. Ispaniyadagi debyut mavsumidayoq 22 yoshli fransuz o‘z klubining Yevropa ligasidagi benefisiga munosib hissa qo‘shadi. O‘tgan mavsumda ham o‘sishda davom etgan himoyachi bugun «Chelsi» klubi nazarida turibdi. Asl ampulasi markaziy himoyachi bo‘lishiga qaramay, u o‘ng qanotda yaxshi ochilgan edi. «Sevilya»dagi jamoadoshlari uning o‘yinlarini afsonaviy braziliyalik himoyachiga qiyoslab, uni «Kafu» deb chaqira boshlaydi.

Bu haqda Kundening klubdagi jamoadoshi, markaziy himoyachi Diyego Karlos shunday deydi: «Mashg‘ulotlarda u to‘pni o‘ng tomondan shunaqa tezlik bilan olib ketadiki, biz unga qarab: «maydonda Kafu ketyapti» deb kulib qo‘yamiz. U shu ketganicha, gol urmaguncha, maqsadga yetmay qaytmaydi. Kunde judayam mehnatkash va ochiqko‘ngil, qolaversa baquvvat yigit».

Ushbu intervyu davomida ma’lum bo‘ldiki, Kunde bolaligidanoq mag‘lubiyatlarni yomon ko‘rgan ekan. Hatto, 8 yoshida jamoasi yutqazib qo‘ygani uchun tushkunlikka tushib, kasal bo‘lib qolgan. Keyinchalik jamoasini o‘zgartirdi va rivojlanishda katta yutuqlarga erishadi. Hozir Kundening Twitter’dagi akkountiga nazar solsangiz, u futboldan ko‘ra hayotni ham yaxshi tushunuvchi inson ekaniga guvoh bo‘lasiz. U dunyoni yaxshi tarafga o‘zgartirishni xohlaydi. Jahon bo‘ylab tarqalgan keng muammolar: ijtimoiy, siyosiy, atrof-muhit bilan bog‘liq kamchiliklarga ko‘z yumishni istamaydi.

Yosh himoyachining hayotda o‘ziga yarasha kumirlari mavjud. Ular Janubiy Afrikaning sobiq prezidenti Nelson Mandela hamda NBA yulduzi LeBron Jeymsdir. Har ikkisi ham insoniy fazilatlari bilan tarixdan munosib o‘rin olgan. Kunde esa ular kabi bo‘lishga intiladi. Xayriya masalasida ilk pul ishlab topishni boshlagan paytlaridanoq nochorlarga yordam berar edi. U hozir ham ota-onasiz bolalarga beminnat yordam qilib keladi.

Fransiyaning «Bordo» klubida o‘ynab yurgab paytlari Kunde jamoasiga katta ta’sir ko‘rsatuvchi kamsonli futbolchilardan biriga aylanadi. Shu sabab «Sevilya» e’tiboriga tushib, yuksalishga erishdi. U maydondagi o‘yin uslubida uzoqdan uzatmalar berishni xush ko‘radi va bu borada istalgan kishiga masterklass o‘tashi mumkin. Tezligi yuqori bo‘lishiga qaramay, boshqa jamoadoshlarini tushunish borasida muammolari mavjud. Aynan mana shu jihat unda rivojlantirilishi kerak bo‘lgan tomonlardan biridir.

Kundening futbol olamida havasini keltiradigan bir nechta futbolchilar mavjud. Ulardan eng muhimi – Rafael Varan. U Varan o‘yinlarini doimo sevib tomosha qilishini aytadi. Qolaversa, «Chelsi» o‘yinchisi Tiago Silva va «PSJ» a’zosi Ramosni futbolchi sifatida rivojlanishida beqiyos motivasiya bo‘lganini ta’kidlaydi. Shuningdek, Kunde faoliyati davomida ushbu ikki futbolchiga qarshi to‘p surishni orzu qilishini ma’lum qilgan.
Himoyachi o‘z jismoniy imkoniyatlari haqida gapirar ekan: «Bo‘yim o‘tmishda biroz menga pand bergan. Men bu borada maqtana olmayman. Lekin futbolda jussadan qat’iy nazar raqibni boshqarish imkoni mavjud. Menga havodagi kurash yoqadi va aytishim mumkinki, nisbatan baland sakray olaman. Bu meni ustun tomonim, balki. Mening ixcham gavdam hech qachon men uchun muammo tug‘dirmagan». deb fikrlarini yakunlaydi.

Ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: 90min.com
Kiritildi: 09:54, 29.07.2021.
O'qildi: 2257 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.