Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

«Sporting» akademiyasidan chiqqan yulduzlar

«Sporting» akademiyasidan chiqqan yulduzlar

Baho:
+ | -

Portugaliya futbolining rivojlanishi bevosita «Sporting» futbol akademiyasining faoliyati bilan bog‘liq.

Mamlakatda iste’dodlarni topganliklari uchun muxlislarga ham pul to‘lanadi.

Yulduzlarning konveyer tizimi qanday ishlaydi?

Yevro-2016 final uchrashuvi. Portugaliya Fransiyani 1:0 hisobida mag‘lub etdi va o‘z tarixida ilk bor yirik musobaqada g‘olib bo‘ldi. O‘sha tarkibdagi 10 nafar futbolchi aynan «Sporting» akademiyasi tarbiyalanuvchilari edi. Ularning barchasi musobaqada maydonga tushishdi: Patrisio, Fonte, Moutinyu, Vilyam Karvalyu, Ronaldu, Sedrik, Joau Mariu, Adriyen Silva, Nani va Kuarejma.


«Sporting» akademiyasi butun Yevropa futboliga ta’sir o‘tkazadi. «SIES»(Xalqaro sport tadqiqotlari markazi) ma’lumotlariga ko‘ra, jamoa Yevropaning yuqori ligalarida o‘ynagan tarbiyalanuvchilari soni bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinni («Ayaks», «Partizan» va «Dinamo Zagreb») egallab turibdi.
Dunyodagi eng yaxshi futbol maktablaridan biri qanday ishlashini tushuntirishga harakat qilamiz.

Dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Luish Figu va Krishtianu Ronaldularni aynan «Sporting» akademiyasi yetishtirib bergan. Ronaldu 12 yoshida, Figu esa, 13 yoshida jamoaga qo‘shilgan.

Krishtianu Ronaldu hikoyasi

1997 yilda Madeyradagi «Sporting» muxlislar klubi prezidenti Aurelio Pereyrani (akademiyaning uzoq yillik direktori) chaqirib, orolning uchta professional klubidan faqat bittasida maktab ko‘rgan iqtidorli bola borligi haqida so‘zlab berdi. Pereyra skautlarni yubordi, ammo fursatni boy berdi. Belgilangan soatda

«Nasyonal»ning yana bir yoshlar jamoasi o‘ynamoqda edi.
Yosh Ronaldu o‘sha yerda edi. Pereyraga qo‘ng‘iroq qilish uchun 30 daqiqa davomida uning o‘yinini tomosha qilish yetarli bo‘ldi. Shunday qilib Krishtianu Lissabonga taklif qilindi.
Avvaliga juda qiynaldi: qarindoshlarni sog‘inish tufayli ko‘z yosh to‘kdi, o‘zining tug‘ilgan maskani Madeyraga ketgisi kelaverdi (garchi yigitlarga yiliga bir-ikki marta sayohat qilishlariga ruxsat berilsa ham). Bundan tashqari o‘qish bilan bog‘liq muammolari mavjud edi va sinfdoshlari uni talaffuzi tufayli masxara qilishardi.
U uchun shaxsiy psixolog yollashdi va Madeyradan murabbiy taklif qilindi. Shu kundan boshlab Ronaldu nihoyatda samimiy insonga aylandi.

Krishtianuning sog‘lig‘i yaxshilandi, biroq mensimaslik ruhi saqlanib qoldi. Bir kuni u yechinish xonasidagi o‘rnini yig‘ishdan bosh tortdi. «Sporting» rahbariyati bunga chora qo‘lladi va Ronaldu «Maritimo» bilan o‘yin qaydnomasidan olib tashlandi. Zotan, maydonda yetakchi bo‘lgan hujumchi g‘azab bilan murabbiyga baqirdi, o‘yinni teng baholashni talab qildi, ammo vaziyat o‘zgarishsiz qoldi.

Ronaldu o‘zgardi. U maydonda hissiyotli bo‘lib qoldi, xatolari uchun sheriklariga ko‘p tanbeh berdi, lekin jamoasi uchun maksimal foyda keltirdi. Akademiya rahbariyati bu munosabatni yuqori baholadi, ammo maydon tashqarisidagi o‘zboshimchaliklariga qarshilik qildi.

Aytgancha, aynan «Sporting»da Ronaldu o‘zining ideal sport formasiga kira boshladi. Jismonan baquvvat va abjir yigitga aylandi.
Aureliu Pereyra Krishtianu o‘z ustida qanday ishlaganini esladi: «Yoshlar jamoasi uchun yangi baza barpo etilayotganida, yigitlar qarorgohda yashaydilar. Yaqin atrofda yo‘l bor edi. Ronaldu har kuni ertalab ko‘chaga chiqib, oyoqlariga og‘ir narsalarni bog‘lab, svetoforning yashil chirog‘i yongan paytda yugurish mashqlarini bajardi. Bu o‘zidagi kuch va tezlikni oshiradi, reaksiyasini yaxshilaydi deb ishongan».

Shu davrdan boshlab uning suratlari akademiyaning devorlarida ilina boshladi. U haqiqiy yetakchiga aylanayotgan edi.
2020 yil sentyabr oyida Krishtianuning maqomi rasman tasdiqlandi: akademiyaga uning nomi berildi. Rasmiy bayonotda «Krishtianu Ronaldu nomidagi akademiya «Sporting» klubining mukammalligini o‘zida mujassam etadi», deb yozib qo‘yildi.

Luish Figu hikoyasi

«Sporting» bazasida Luish Figuning rasmlari ham yetarli. Ushbu iste’dodni kashf etish yanada g‘aroyib bo‘lgan. Skautlar Figuni Almada shahridagi ko‘chalardan birida kichik futbol o‘yinida ko‘rishgan. Biroq katta futbol 13 yoshli bolakay uchun juda mos keladi. Figu hech qachon o‘zining noyob texnikasi bilan ajralib turmadi. U jamoaviy futbolning bir qismi sifatida ulg‘aydi.
Luish Figu beshta tilni yaxshi biladi, Portugaliyada bar va restoranlarni boshqaradi hamda sil kasalligi mavjud bo‘lgan odamlarga xayriya dasturlari orqali yordam beradi.

«Barselona»dan «Real»ga o‘tgach, muxlislarning ko‘p yillar unga bo‘lgan nafratidan ko‘ra, albatta, bunday ishlari ustunroq ko‘rinadi.

Muxlislar klubi prezidenti - Aureliu Pereyra

2002 yildan beri «Sporting» yoshlar bazasi Alkocheteda joylashgan. Poytaxtdan yarim soatlik yo‘lda, Tagus daryosi yaqinidagi yaylovlar bo‘yida joylashgan hududda yettita futbol maydoni, tibbiyot markazi, sport zali mavjud. Futbol o‘ynash uchun juda mos va shovqinlarsiz hudud.

Pereyra har bir tashrif buyuruvchi haqida hisobot tuzgan va oddiy odamlar bilan yaqin aloqada bo‘lgan. Odamlar “Sporting”ga yordam bera boshladi. Muxlislar faqat foydali tavsiyalar uchun mukofotlandi. Ronaldu haqida ham, muxlislar klubi prezidenti xabar bergan.

Aurelio butun hayoti davomida klubga sadoqatli edi va 14 yoshida uning o‘zi akademiyaga kelgan, deyarli 60 yil davomida jamoa bilan birga bo‘lgan.
Muvaffaqqiyatning yana bir siri
Yoshlar futboli direktori asosan mahalliy bozorlarga e’tibor qaratadi. «Portu» va «Benfika» akademiyasi asosan o‘smir futbolchilarga e’tibor qaratsa, «Sporting» 9-11 yoshli bolalarni jamoaga olib keladi.

Ba’zan bitta o‘yin hamma narsani hal qiladi. Pereyra terma jamoa darvozaboni Rui Patrisioni kuzatgan yillarini shunday eslaydi: «U hujumchi sifatida o‘ynadi, alohida narsa yo‘q. Ammo bir marta “Leysiya” akademiyasida u darvozani ishg‘ol qildi - bizning skautimiz negadir undan ajoyib darvozabon yarataman deb aytgan edi».

Patricio 12 yoshli bolakay sifatida «Sporting»ga umrining 18 yilini berdi, «Vulverxempton»ga transferidan klub 18 million yevro ishlab oldi.
«Sporting»ning sobiq futbolchisi Fernando Nelson buni quyidagicha izohladi: «Klubning asosiy daromad manbayi yoshlarga bog‘liq. Ular yosh yigitlarga eng yaxshi sharoitlarni yaratib berpdilar va shuna yarasha foyda ko‘riadilar. “Sporting” akademiyaga sarmoyani keyingi transferlar orqali to‘laydi, bu orqali jamoa moliyaviy barqarorlikka erishadi.

So‘nggi besh yilni oling: Adriyen Silva (13 yoshida olib kelingan) «Lester»ga 25 million evro evaziga ketdi, Jelson Martinsh (15 yoshida olib kelingan) «Atletiko»ga 22 millionga, Joau Mariu (11 yoshida olib kelingan) «Inter»ga 40 millionga. Arzimagan sarmoyalar bora-bora katta pulga aylanadi.

«Sporting»ning barcha jamoalari 4-3-3 tak-tikasida o‘ynamoqda, ammo akademiya o‘ziga xos o‘yin tamoyillaridan voz kechdi. Murabbiylar doimiy ravishda «Ayaks», «Barselona» va Janubiy Amerika klublari bilan tajriba almashish va boshqa falsafalar bo‘yicha bilimlarni o‘rganish uchun malaka oshiradilar.

Ammo Portugaliyaning yoshlar jamoalarida yana bir farq qiluvchi xususiyat mavjud:

«Biz har doim qanot himoyachilariga ixtisoslashganmiz»,- deydi darvozabonlar murabbiyi Migel Miranda.

Murabbiylar markazdagi o‘yinchilarning mas’uliyatini kamaytirishadi, ulardan qanotga tezroq pas berishni so‘rashadi, qanot futbolchisida dribling qilish va vaziyatlar yaratish uchun yetarlicha vaqt bor. Ronaldu, Figu, Nani va Kuarejma aynan shu uslubning namoyandalari hisoblanadi.

«Sporting» o‘z imidjini ana shunday o‘yinchilar orqali shakllantiradi va butun dunyo Portugaliyaning eng yaxshi yosh dribling ijrochilari bu yerdan yetishib chiqishini yaxshi biladi.
Ammo klub ichida qat’iy kun tartibi hukmronlik qiladi: soat 16:00 gacha maktab, har kuni kechqurun mashqlar, bir soat sport zalida mashqlar, mushaklarning ko‘p ishlashiga e’tibor beriladi. Luish Martinshning fikriga ko‘ra, maydonga o‘tish bilan bog‘liq muammolar ham simulyatorlarning noto‘g‘ri yuklanishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin: bolalar shunchaki oyoqlarida kuch sezmaydilar.

Guardian jurnalisti Aleks Klefam mashg‘ulotda birinchi bo‘lib ajoyib driblingdan so‘ng gol urgan va bir necha daqiqadan so‘ng uchta oddiy uzatishni amalga oshirolmagan yigitni ko‘rib hayron qoldi.

Ertasi kuni Migel Miranda vaziyatni quyidagicha tushuntirdi: «U jamoadan chetlatiladi. Biz har uch oyda bir marta jismoniy testlarni o‘tkazamiz, bu yigit biz talab qilgan darajada emas. Masalan, futbolchining tizzalari yoki bo‘g‘imlari professional futbolga mos keladimi yoki yo‘qligini oldindan o‘rganamiz. Bu yigit standartlarga javob bermaydi».

Yaxshi jismoniy tayyorgarliksiz “Sporting” o‘ynay olmaydi. Ammo tanadan ham muhimroq narsa bor - psixologiya.

Ichki muhit

Akademiyada o‘ziga xos muhit mavjud: murabbiylar futbolchilarga baqirishmaydi, Nani «Benfika»dan ko‘ra «Sporting»ni afzal ko‘rdi, chunki u jamoada do‘stlar orttirdi. «Sporting» Nani transferidan 25 million yevro ishlab oldi va u «Manchester Yunayted» bilan Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi hamda to‘rt marta APL chempioni bo‘ldi. Futboldagi katta yutuqlar portugaliyalikka katta oilasini Santa Filomena qishlog‘idan olib chiqishda yordam berdi, u yerda futbolchining o‘zi ochlikdan aziyat chekkan va xaroba uyda yashagan. Uyning ichida kalamushlar va kaltakesaklar bo‘lgan.

Aurelio Pereyra klub va futbol maktabiga keladigan har bir yigit o‘rtasidagi azaliy rishtani ta’kidlaydi: «Agar bizga uzoqdan bola kelsa, maqsadimiz uni akademiyaga yaxshi tarzda qo‘shib qo‘yishdir. Bir kun kelib buyuk bo‘lishi mumkin bo‘lgan yoshlar hayotidagi keskin o‘zgarishlar uchun biz javobgarmiz. Biz ularni ham futbolchi sifatida, ham erkak sifatida rivojlantirishga intilamiz».

«Sporting» akademiyasidan «Tottenxem»ga o‘tgan himoyachi Erik Dayer shunday eslaydi:

«Sporting»da odobli odamlarni tarbiyalashadi va bu bilan faxrlanadi. To‘p bilan yomon muomalada bo‘lganingiz uchun sizni kechirishadi, ammo siz birovga nisbatan hurmatsizlik qilsangiz, albatta jazolanasiz. Akademiyada hech bo‘lmaganda bir marta baqiriq ovozini eshitmaganman.

Angliyaga kelganimda murabbiylar yigitlarga tanbeh berayotganini ko‘rdim, butun o‘yinni baqirib o‘tkazishardi. «Sporting»da murabbiy butun o‘yin davomida zaxira o‘rindig‘ida o‘tiradi va indamaydi. O‘zingizning xatongizni anglaganingizda futbolni yaxshiroq tushunasiz. Uchrashuvdan keyin agar buni o‘zingiz qilmagan bo‘lsangiz, albatta, ular sizni to‘g‘rilashadi».

«Sporting»ning ko‘plab bitiruvchilari qiyin hayotdan qutulishdi, oilalariga pul bilan yordam berishdi va hozirgi kunda butun mamlakatni obod qilishmoqda.

«Tirishqoqlik, fidoyilik va shon-sharaf!» - bu shior «Sporting» akademiyasiga kiraverishda hamma ko‘radigan qilib yozib qo‘yilgan.

 

Ruslan Maksimov tayyorladi

Kiritildi: 21:46, 31.07.2021.
O'qildi: 3437 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.