Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/04 12:00 Xitoy 0-1 Vyetnam
19/04 14:00 Avstraliya 2-4 Saudiya Arabistoni
19/04 16:00 Myanma 0-5 Tailand
19/04 18:00 Xitoy 0-2 Janubiy Koreya
19/04 19:00 Iroq 1-4 O‘zbekiston
19/04 20:30 BAA - Yaponiya
19/04 20:30 Tailand - Saudiya Arabistoni
19/04 21:30 Jenoa 0-1 Lasio
19/04 23:00 Tojikiston - Iroq
19/04 23:45 Kalyari 2-2 Yuventus
20/04 00:00 Nissa 3-0 Loryan
20/04 00:00 Atletik Bilbao 1-1 Granada
20/04 05:00 Man. Yunayted - Nyukasl
20/04 12:00 Qirg‘iziston 2-2 Tojikiston
20/04 14:00 Afg‘oniston 3-3 Kuvayt
20/04 16:00 Janubiy Koreya - Yaponiya
20/04 17:00 Selta 4-1 Las-Palmas
20/04 18:00 Malayziya - Vyetnam
20/04 19:00 Luton - Brentford
20/04 19:00 Sheffild Yunayted - Byornli
20/04 19:00 Bahrayn - Eron
20/04 19:15 Rayo Valyekano - Osasuna
20/04 20:00 Nant - Renn
20/04 20:30 Kuvayt - O‘zbekiston
20/04 21:00 Empoli - Napoli
20/04 21:30 Valensiya - Betis
20/04 23:30 Vulverhempton - Arsenal
20/04 23:45 Verona - Udineze
21/04 00:00 Lans - Klermon
21/04 00:00 Jirona - Kadis
21/04 05:00 Monpelye - Reyms
21/04 15:30 Sassuolo - Lechche
21/04 16:00 Tailand - Vyetnam
21/04 16:00 Myanma - Xitoy
21/04 17:00 Xetafe - Real Sosyedad
21/04 17:30 Everton - Nottingem Forest
21/04 18:00 Lill - Strasbur
21/04 18:00 Reyms - Monpelye
21/04 18:00 Gavr - Mets
21/04 18:00 Torino - Frozinone
21/04 19:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 19:00 Aston Villa - Bornmut
21/04 19:00 O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni
21/04 19:00 Iroq - Avstraliya
21/04 19:15 Almeriya - Vilyarreal
21/04 20:05 Brest - Monako
21/04 20:30 Fulhem - Liverpul
21/04 21:00 Salernitana - Fiorentina
21/04 21:30 Alaves - Atletiko
21/04 22:00 Tuluza - Marsel
21/04 23:45 Monsa - Atalanta
22/04 00:00 PSJ - Lion
22/04 00:00 Real Madrid - Barselona

Avtogollar turniri qahramoni...

Avtogollar turniri qahramoni...

Baho:
+ | -

Yevropa chempionatlari tarixida anvoyi avtogollar rekordini o‘rnatgan Yevro-2020 turnirining nimchorak finalida Ispaniya terma jamoasi darvozaboni Unai Simon beixtiyor musobaqadagi eng bema’ni avtogol mualifiga aylangandi. To‘g‘ri, ko‘pchilik nashrlarda gol uning jamoadoshi bo‘lgan Pedri hisobiga yozildi. Qizig‘i, Xorvatiyaga qarshi o‘sha o‘yinda 0:0 hisobi qayd etilayotgan, Pedrining qariyb maydon markazidan uzatgan to‘pini Unai shunchaki to‘xtatib olmasdan, tepib yuborishga uringan va uning oyog‘iga noto‘g‘ri tekkan to‘p darvozadan joy olgandi.

Ha, yo‘q joydan raqibini oldinga o‘tkazib yuborgan Ispaniya «overtaymlar» evaziga bo‘lsada, Xorvatiyani 5:3 hisobida mahv etdi. Simon esa o‘sha «qovun» tufayli tushkunlikka tushish o‘rniga, aksincha, bir nechta ajoyib seyvlarni namoyish etdi. Chorak finalda esa umuman, o‘z jamoasini keyingi raundga olib chiqdi. Uning ishonchli harakatlari shveysariyalik futbolchilarni batamom sindirdi - 4-penaltini amalga oshirishi lozim bo‘lgan Vargas raqibi qatorasiga 2ta zarbani qaytarganini ko‘rgach, ado bo‘lgandi. Xullas, Simonning mahorati Shveysariyani musobaqa bilan barvaqt xayrlashishga majbur etdi.

Turnir davomida ko‘pchilik muxlislarni nima uchun Ispaniya darvozasini «Atletik» posboni qo‘riqlab, «MYU» darvozabonining zaxirada o‘tirgani ajablantirayotgandi. Keling, shu masalaga oydinlik kiritib olaylik.

De Xea ishonchni yo‘qotdi. «MYU» undan forig‘ bo‘lmoqchi. Sababi - Rossiya mundiali

2014 yilda Visente Del Boske Braziliyaga asosiy darvozabon sifatida faxriy Iker Kasilyasni tanlagan va muxlislar e’tiroziga duch kelgandi. Ularning fikricha, o‘sha davrda «MYU»da yorqin o‘yin ko‘rsatayotgan 24 yoshli De Xea munosibroq edi.

Keyingi yirik turnir - Yevro-2016da murabbiylar Davidga ishonch bildirishdi, ammo u ishonchni oqlay olmadi. Musobaqaning nimchorak finalidan keyin jamoa uyiga ravona bo‘ldi. Keyin ispan matbuoti Rossiya mundiali De Xea faoliyatidagi burilish nuqtasi bo‘lganligini e’tirof etdi. Darhaqiqat, u JCH-2018ni turnir davomida birorta ham seyv ko‘rsata olmagan yagona darvozabon maqomida tark etdi, Rossiya bilan kechgan nimchorak finaldagi «duel»da uning darvozasiga yo‘llangan barcha zarbalar golga aylandi. Keyin JCHdagi muvaffaqiyatsizlik APLda davom etdi - o‘yin davomida yo‘l qo‘yilgan xatolar  soni (7) bo‘yicha De Xea kasbdoshlari orasida peshqadam bo‘lib oldi. Shundan keyin ispaniyalik posbonning avvalgi De Xea emasligi haqidagi gap-so‘zlar avjiga chiqdi.

Taajjubki, Din Xendersonning «Sheffild»dagi «surgunlik» davrida ham omad Daviddan yuz o‘girdi - jamoaning yosh darvozaboni kutilmaganda ishonchli o‘yinlar ko‘rsatib, De Xeani ishsiz qoldirdi. Angliyalik kasbdoshiga raqobatni boy bergan ispaniyalik posbon 2020/2021 yillar mavsumini zarbalarning 63 foizini qaytarish bilan yakunladi. Bu APLdagi eng past ko‘rsatkichlardan biri edi. «Vilyarreal»ga qarshi kechgan YEL finali esa omadsizlikning so‘nggi nuqtasi bo‘ldi. Penaltilar seriyasida raqiblarining birorta zarbasiga to‘sqinlik qila olmagani yetmagandek, uning o‘zi raqib darvozasini ishg‘ol eta olmadi va Unai Emeriga navbatdagi nufuzli sovrinni sovg‘a qildi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, De Xea darvozasiga yo‘llangan oxirgi 36ta zarbaning barchasi gol bilan yakunlangan ekan. Xullas, ma’lum sabablarga ko‘ra, bu yil tashkil etilgan Yevro-2020 turniriga darvozabon tanlashda Luis Enrike ixtiyorida «Atletik» vakili Unai Simon, «Brayton»lik Robert Sanches va David De Xeadan boshqa durustroq nomzod topilmadi.

Hamma De Xeadan norozi - oddiy muxlisdan to «MYU» afsonalarigacha

«David avvalgi David emas. Sport formasi 6 oy ichida pasaysa, uni tushunish mumkin. Agar u bir necha yil davom etsa, jiddiy bosh qotirishga majbur etadi. Xatolar hammada bo‘lib turadi. Lekin Davidning xatolari juda ko‘payib ketdi».

Gari Nevill, «MYU»ning sobiq sardori.

«Murabbiy o‘rnida bo‘lganimda, tanaffusda uning yuziga tarsaki tushirgan bo‘lardim. O‘yinidan ko‘nglim ayniydi. Men ko‘rgan futbolchilar orasida o‘ta ortiqcha baho berib yuborilgan darvozabon».

Roy Kin, «MYU» yarim himoyachisi.

Yozda David De Xea faoliyatida o‘zgarish yuz berishi mumkin. «Old Trafford»dagilar APLda kasbdoshlariga nisbatan eng ko‘p maosh (yiliga 23 mln. yevro) olayotgan beqaror darvozabondan forig‘ bo‘lish niyatidalar. Uning o‘rnini 24 yoshli Xenderson egallashi taxmin qilinmoqda.

Luis Enrike esa o‘tgan yilning kuzida terma jamoaning asosiy darvozaboni masalasini Unai Simon foydasiga hal qilgandi. Murabbiyni uning «qizil furiya» uchun muhim bo‘lgan jihati - oyoqlarida yaxshi o‘ynay olishi qiziqtirib qolgandi. Ha, Unai ham xatolardan mosuvo emas. Masalan, Kosovo bilan bo‘lgan bellashuvda maydon markazidan yo‘llangan to‘pni o‘tkazib yuborgandi. Biroq Enrike uning asablari mustahkam ekanligini maqtaydi va boshlang‘ich tarkibdan joy bermoqda. Qisqasi, uning Xorvatiyaga qarshi o‘yindagi «qovun»idan keyin ham De Xea asosiy tarkibga kira olmadi.

Biroq nima uchun Ispaniyaning birinchi raqamli darvozaboni maqomiga aynan Simon loyiq topildi?

Murabbiyning mazkur savolga javobi sizni lol qoldirishi aniq: Luis Enrike Simonni... oyoqlari bilan yaxshi o‘ynagani uchun tanlagan. Ha, markazdan yo‘llangan to‘pni tasodifan o‘z darvozasiga to‘g‘rilab qo‘ygan oyoqlari uchun!

«Atletik»da to‘pni oyoqlarim bilan ko‘p o‘ynamasdim. Bu hunarni Luis Enrike o‘rgatdi. Ispaniya terma jamoasida darvozabon faqat to‘pni qaytarish bilan cheklanib qolmasdan, boshqa bir qator vazifalarni ham ado etadi», - deydi Unai.

David De Xea hech qachon oyoqlaridan samarali foydalana olmagan. Buni YELdagi penaltilar seriyasi yaqqol isbotladi. Bundan tashqari, «MYU» posboni 2018 yildan keyin juda ko‘p xatoliklarga yo‘l qo‘ymoqda. Shu bois, Enrike barcha o‘yinlarda Simonga ishonch bildirmoqda.

«Atletik»ning 23 yoshli darvozaboniga oid qiziqarli faktlar:

 Simon o‘z faoliyatini «Atletik»da o‘tkazish niyatida. U jonajon klubini juda yaxshi ko‘radi. Yozda Unai «Real» hamda «Inter» takliflarini rad etdi. Bilbaoliklar bilan yangi shartnomani rasmiylashtirish chog‘ida tovon puli xususidagi bandni olib tashladi.

 «Atletik» tarkibida maydonga tushish imkoniyatini Simon jamoa Kepa Arrisabalagani «Chelsi»ga 80 mln. yevroga sotib yuborganidan keyin qo‘lga kiritdi. Darvoqe, Kepa Angliyada «gol tashuvchi» iborasining sinonimiga aylandi.

 Unai Janluiji Buffonning mahoratiga «besh» ketadi. Lekin hozir Yan Oblakni eng yaxshi darvozabon deb biladi.

 1 aprel oqshomida Simon Ispaniya terma jamoasi tarkibida JCH-2022 saralashi doirasidagi Kosovoga qarshi bahsda o‘ta bema’ni golni o‘tkazib yuborgandi. O‘shanda u raqib futbolchisining maydon markazidan yo‘llagan to‘pi qarshisida ojiz qolgandi. To‘g‘ri, yakunda Ispaniya o‘yinni 3:1 hisobida o‘z foydasiga hal qilgani bois, Unaining xatosi e’tibordan chetda qolgandi.

«Simondagi taslim bo‘lmaslik xislati menga ko‘proq yoqadi. Qandaydir tasodifiy xatolik uni tushkunlikka sola olmaydi. Aksincha, u bahsni yanada kuchliroq ishtiyoq bilan davom ettiradi», - deydi murabbiy.

Nima ham derdik, shogirdining barcha plyus-minuslaridan Luis Enrike bizdan ko‘ra yaxshiroq xabardor ekanligini tan olmaslikning iloji yo‘q. Nima bo‘lganda ham, «pley-off» bosqichini kulgili xato bilan boshlagan darvozabon yakunda jamoaning yarim finalga yetib kelishida jonbozlik ko‘rsatdi. Final yo‘llanmasi uchun kechgan bahsda ham Unai Simon va uning jamoadoshlari bo‘lajak chempionga munosib qarshilik ko‘rsatdilar, bir qator ko‘rsatkichlar bo‘yicha ustunlikka erishdilar. Biroq qatorasiga 3ta uchrashuvni «overtaym»largacha olib borgan ispanlar bu gal imkoniyatni boy berdilar. «Nuqta»dan yo‘llangan zarbani qaytarish - qahramonlik, qaytara olmaslik esa, ayb emas!

 S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 23:40, 01.08.2021.
O'qildi: 2862 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.