Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Afsus. Rio olimpiadasi chempioni Tokio-2020ni tark etdi

Afsus. Rio olimpiadasi chempioni Tokio-2020ni tark etdi

Baho:
+-1 | -

O‘zbekistonlik yana bir kuchli bokschi Tokio-2020 olimpiadasini medalsiz tark etadigan bo‘ldi. 52 kg. vaznda Rio-2016 olimpiya o‘yinlari g‘olibiga aylangan Shahobiddin Zoirov filippinlik Karlo Palamga qarshi ringga ko‘tarildi.

Raqib ilk soniyalardanoq oldinga tashlangani hamyurtimiz uchun biroz kutilmagan holat bo‘ldi. Shunga qaramay, Zoirov vaziyatni o‘nglagan holda ketma-ket zarbalar berishga intildi. Palam ham tezkorlik evaziga o‘z zarbalarini o‘tkaza oldi. Hakamlarning barchasi birinchi raundni Filippin vakiliga berishdi.

Ikkinchi bo‘limning dastlabki daqiqasida ham Karlo faolroq bo‘ldi, uning zarbalari aniq bo‘ldi. Shahobiddin vaziyatni o‘nglash uchun harakat tushgan paytda esa bokschilar bosh bilan to‘qnashib ketishdi. Oqibatda o‘zbekistonlik sportchining qoshi yorildi. Shifokor esa jangni to‘xtatish kerakligini ta’kidladi. Ikkinchi raundda ham 4 hakam ustunlikni Palamga berdi. Yakuniy natija — 0:4 (18:20, 18:20, 19:19, 18:20, 18:20).

Shu tariqa, Rio-2016 olimpiadasi chempioni, bu safar ham g‘oliblikka asosiy da’vogar sanalayotgan Shahobiddin Zoirov medalga bir qadam qolganida o‘z yurishini to‘xtatdi. Afsus.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 07:40, 03.08.2021.
O'qildi: 12392 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик