Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese 0-2 Milan
01/03 18:00 Elche 2-2 Espanyol
01/03 19:00 OKMK 0-1 Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem 2-1 Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted 2-1 Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo 2-1 Atalanta
01/03 19:00 Brayton 2-1 Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf 1-0 Xorazm
01/03 20:15 Valensiya 1-0 Osasuna
01/03 21:30 Arsenal 2-1 Chelsi
01/03 22:00 Torino 2-0 Lasio
01/03 22:30 Betis 2-2 Sevilya
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya
03/03 00:45 Udineze - Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid - Xetafe

Oltin medal sohibi yaqinlariga Prezident tabrigi yetkazildi

Oltin medal sohibi yaqinlariga Prezident tabrigi yetkazildi

Baho:
+ | -

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani hokimi Jo‘rabek Axmedov Turizm va sport vazirligi vakillari hamrohligida Olimpiada o‘yinlari rekordini yangilab, oltin medalni qo‘lga kiritgan sportchimiz Akbar Jo‘rayevning uyiga borib, uning onasi va yaqinlariga O‘zbekiston Prezidenti tabrigini yetkazdi.

“Eng avvalo sportchilarga yaratilayotgan sharoitlar, ularga ko‘rsatilayotgan rag‘bat uchun
yurtboshimizga katta rahmat deymiz. O‘g‘limning g‘alabasi shularning sportni rivojlantirish yo‘lidagi birgalikdagi mehnati samarasidir”, - deydi chempionning onasi Hafiza Normetova.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Akbar Jo‘rayev akasining izidan borib, tosh ko‘tarishga qiziqqan.

 

“Akbarning dadasi rahmatli bilan o‘g‘limizga “Albatta, bir kun kelib Olimpiya chempioni bo‘lasan, O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘kka ko‘tarasan” deya niyat qilardik. O‘zi ham havas qilib, “Ruslan Nuritdinovdek Olimpiya chempioni bo‘laman” deya orzu qilardi. Mana shu kunlar ham keldi, quvonchimiz cheksiz, albatta. O‘g‘lim g‘alaba qozonishi bilan qo‘ng‘iroq qilib xursandchiligi bilan bo‘lishdi. Tani joni sog‘ bo‘lib, doim yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tarib yurishiga tilakdoshman”, - qo‘shimcha qildi Hafiza Normetova.

 

Eslatib o‘tamiz, 3-avgust kuni hamyurtimiz Akbar Jo‘rayev Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekistonga ikkinchi oltin medalni keltirdi. Akbar Jo‘rayev 109 kilogramm vazn toifasidagi sportchilar bahsida ishtirok etdi. U dastlab - 227 kg, so‘ngra 237 kg shtanga ko‘tarib, umumiy 430 kg natijani qayd etdi va Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining oltin medaliga sazovor bo‘ldi.

 

 

Bundan avval Prezident matbuot kotibi sahifasida 3-avgust kuni o‘tayotgan selektor yig‘ilishi davomida davlat rahbariga Tokiodagi g‘alaba haqida ma’lum qilingani va bu yangilik quvonch bilan kutib olingani haqida xabar berilgan edi.

 

Manba: Туризм ва спорт вазирлиги Матбуот хизмати
Kiritildi: 11:03, 04.08.2021.
O'qildi: 4663 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.