Braziliyaning «San-Paulu» klubi «Tottenxem» vakili Lukas Mouraga qiziqish bildirmoqda. Braziliyalik jurnalist Xorxe Nikola so‘zlariga ko‘ra, futbolchi agenti uning sobiq jamoasiga qaytishi haqida muzokara o‘tkazgan.
Ammo futbolchining o‘zi Angliyada qolish istagini bildirgan. U mavsumoldi o‘yinlarida yaxshi ishtirok etmoqda va Eshpititu Santu rejalarida mavjudligini isbotlashga urinadi. 28 yoshli braziliyalik futbolchining klubi bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha tuzilgan.