«Chelsi» futbolchisi va Germaniya terma jamoasi a’zosi Kai Havertz nima uchun 29 raqam ostida to‘p surishi haqida gapirdi. U «The Athletic» nashri bilan suhbatda bu haqda shunday deydi:
«Biz doimo o‘yinda bo‘lamiz. Menda ilgari 10- raqam, oltin butsa va shunga o‘xshash narsalar ham bo‘lgan. Mening akam esa doimo futbolkasi orqasiga 29-raqam tushirilgan libosda yurardi. Professional futbolga qadam qo‘ygach, «Leverkuzen» klubi bilan shartnoma imzoladim. Ular mendan qaysi raqamda o‘ynashimni so‘rashdi, men esa qaysi raqam bo‘shligini so‘radim. Shunda ular 29-raqam hech kimga tegishli emasligini aytishdi. Men esa hech ikkilanmasdan bu raqamni oldim. Chunki akam shu raqamni juda yaxshi ko‘rardi. Bu raqam men uchun juda aziz va omadli».
Eslatib o‘tamiz, 22 yoshli nemis futbolchisi 2020 yil «Leverkuzen» klubidan 80 million yevro evaziga xarid qilingan edi.