Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Eldor Shomurodov debyut golini urgan o‘rtoqlik o‘yinida «Roma» yirik hisobda yutqazdi (videosharh)

Eldor Shomurodov debyut golini urgan o‘rtoqlik o‘yinida «Roma» yirik hisobda yutqazdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Mavsumoldi tayyorgarlik jarayonlarini o‘tkazayotgan «Roma» jamoasi 7 avgust kuni «Betis»ga qarshi nazorat bahsida qatnashdi.

Uchrashuvning 4-daqiqasida Rodri Sanches ispanlarni oldinga olib chiqdi. 27-daqiqada Eldor Shomurodov raqib darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va rimliklar safidagi debyut golini urdi. Oradan ko‘p o‘tmay «Betis» Nabil Fekirning goli bilan javob qaytardi.

Ikkinchi bo‘lim debyutida italyanlar standart vaziyatdan keyin muvozanatni tikladi. Burchakdan uzatib berilgan to‘pga Shomurodov boshi bilan zarba berdi va darvoza to‘sinini nishonga oldi. Qaytgan to‘pni Janluka Manchini bo‘sh darvozaga joylab qo‘ydi.

58-daqiqada Aleks Moreno ispanlarning uchinchi golini urdi. Shundan so‘ng «Roma»ning uch vakili qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Lorenso Pellegrini 59-daqiqada, Manchini 65-daqiqada, Rik Karsdorp esa 78-daqiqada chetlatildi. Shuningdek, 60-daqiqada rimliklar ustozi Joze Mourinyo ham qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi.

Shomurodov 67-daqiqada zaxiraga olindi. 80-daqiqada Kristian Telyo to‘rtinchi golni urgan bo‘lsa, oradan uch daqiqa o‘tib, Rober Gonsales yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Qayd etish joiz, mazkur o‘yin rasmiy maqomga ega emas.

Nazorat bahsi, 7 avgust, shanba
«Betis» Ispaniya — «Roma» Italiya 5:2
Gollar: 1:0 – 4 Rodri, 1:1 – 27 Shomurodov, 2:1 – 30 Fekir, 2:2 – 51 Manchini, 3:2 – 58 Moreno, 4:2 – 80 Telyo, 5:2 – 83 Gonsales.
«Betis»: Ruy Silva, Moreno, Ruis, Sabali (Montoyya, 17), Edgar Gonsales, Rodri (Vilyam Karvalyu, 72), Kanales (Guardado, 52), Ruibal (Xoakin, 73), Akuoku (Gonsales, 72), Fekir, Iglesias (Telyo, 73).
«Roma»: Ruy Patrisiu (Fuzato, 70), Manchini, Smolling (Rojer, 46), Kalafyori, Karsdorp, Pellegrini, Diavara (Veretu, 46), Mxitaryan (ash-SHaaraviy, 46), Kristante (Bove, 46), Zaniolo (Karles Peres, 63), Shomurodov (Kumbula, 67).
Ogohlantirishlar: Karsdorp (12), Pellegrini (37), Mxitaryan (41), Zaniolo (53), Manchini (58).
Chetlatishlar: Pellegrini (59), Manchini (65), Karsdorp (78).

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 08:23, 08.08.2021.
O'qildi: 9590 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.