Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Bahodir Jalolov - Olimpiada chempioni!

Bahodir Jalolov - Olimpiada chempioni!

Baho:
+ | -

Yaponiya poytaxti Tokio shahrida bo‘lib o‘tayotgan Olimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov oltin medalni qo‘lga kiritdi.

XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarining boks sport turi bo‘yicha +91 kilogramm vaznda ringga ko‘tarilgan Jalolov finalda amerikalik Richard Torres bilan jang qildi. 3 raund davom etgan jangda Bahodir raqibini mag‘lub etib, oltin medal egasisiga aylandi. Bu O‘zbekiston delegasiyasining Tokio-2020 dagi 5-medali hisoblanadi.

Birinchi raundda sportchilar ehtiyotkorlik bilan harakat qilishdi. Masofani ushlab tura olgan Bahodir dastlabki 3 daqiqalikda raqibiga nisbatan ko‘proq zarba bera oldi. Ammo hakamlarning 3 nafari ustunlikni Torresga taqdim etishdi.

Tabiiyki, bu holat Jalolovning jahlini chiqardi. U ikkinchi bo‘limni ancha tajovuzkor o‘tkazdi. Butun olimpiada davomida og‘ir zarbalarni ko‘tarib kelgan Richard hamyurtimizning bu zarbalarini ko‘tara olmadi. Hakam hisobni ochdi. Bosh ustiga, amerikalik sportchi boshini egib xavfli harakatlarni ko‘paytirib yuborgani referi unga nisbatan rasmiy ogohlantirish berdi. Natijada ikkinchi raundda barchasi o‘z joyiga tushdi va endi Bahodir 5:0 hisobida oldinga o‘tib oldi.

Zarbalardan o‘ziga kelib ulgarmagan Torres uchinchi raundda tavakkal qilishga intildi, ammo uning kuchi bugungi Bahodirga yetmasdi. Vatandoshimiz so‘nggi bo‘limni hamda jangni o‘z foydasiga hal qildi. Yakuniy hisob — 5:0 (29:26, 29:27, 30:26, 30:26, 29:27).

Uchinchi oltin medal muborak, O‘zbekiston!

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 11:56, 08.08.2021.
O'qildi: 6930 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик