Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya 2-1 Tailand
08/01 19:00 Iroq 0-0 Xitoy
08/01 22:30 Cremonese 2-2 Kalyari
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe - Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna

«Barselona» Gamper kubogida «Yuventus»ni yirik hisobda mag‘lub etdi (videosharh)

«Barselona» Gamper kubogida «Yuventus»ni yirik hisobda mag‘lub etdi (videosharh)

Baho:
+1 | -

«Barselona» va «Yuventus» klublari Gamper kubogi doirasida o‘zaro to‘qnash kelishdi. Uchrashuv Barselonadagi Yoxan Kroyf Arena stadionida bo‘lib o‘tdi va 3:0 hisobida kataloniyaliklar foydasiga yakunlandi. «Barselona» Gamper kubogini 44 marta qo‘lga kiritdi.

Uchrashuvning 3-daqiqasida Memfis Depay hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limning 57-daqiqasida Martin Breytueyt kataloniyaliklarning ustunligini oshirdi. "Ko‘k-anorranglilar"ning uchinchi golini Riki Puch 90+2 daqiqada kiritdi.

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu birinchi bo‘limni maydonda o‘tkazdi, tanaffusdan keyin uning o‘rniga Deyan Kulucevskiy maydonga tushdi.

Joan Gamper kubogi «Barselona» tomonidan har yili o‘tkaziladigan o‘rtoqlik turniri hisoblanadi. Turnirning birinchi uchrashuvi 1966 yilda bo‘lib o‘tgan. Oxirgi marta «Barselona» bu sovrin uchun bahsda 2012 yilda yutqazgan, o‘shanda «Sampdoriya» 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Gamper kubogi.
Barselona – Yuventus – 3:0 (1:0)
Gollar: 1:0 – Depay (3), 2:0 – Breytueyt (57), 3:0 – Puch (92).
«Barselona»: Neto, Dest (Emerson, 62), Pike, Arauxo (Umtiti, 62), Jordi Alba (Balde, 71), Buskets, Serdji Roberto (Puch, 71), Demir (Gonsales, 62), Grizmann (Kolyado, 86), Depay, Breytueyt (Manay, 78).
«Yuventus»: Shchensni (Perin, 46), De Shilyo (de Vinter, 79), de Ligt (Kyellini, 61), Rugani (Bonuchchi, 61), Aleks Sandro (Pellegrini, 46), Bentankur (Danilo, 46), Remzi (Makkenni, 46), Bernardeski (Ranokkiya, 61), Kuadrado (Kyeza, 46), Morata (Markes, 61), Ronaldu (Kulusevski, 46).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 06:04, 09.08.2021.
O'qildi: 11077 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.