Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Sohil futboli bo‘yicha mamlakat chempionatini qayta yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama etildi

Sohil futboli bo‘yicha mamlakat chempionatini qayta yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama etildi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi bosh kotibi Avaz Maksumov AFL – havaskorlar futbol ligasi vakili Vyacheslav Pak bilan uchrashib, yurtimizda sohil futboliga bo‘lgan qiziqishni oshirish va ommalashtirish yuzasidan o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama etdi.

Avaz Maksumov sohil futboli bo‘yicha havaskorlar o‘rtasidagi musobaqalarni tashkil etish ushbu sport turini mamlakatimizda taraqqiy etishiga xizmat qilishini alohida ta’kidlab, O‘FA O‘zbekiston chempionati bahslarini bosqichma-bosqich qayta yo‘lga qo‘yishda hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga hamisha tayyor ekanligini bildirib o‘tdi.

O‘FA bosh kotibi sohil futboli bo‘yicha havaskorlar o‘rtasidagi chempionat uchrashuvlari uchun maxsus Adidas Conext 15 to‘plarni topshirdi. Toshkent shahrida start olgan turnirda 8 ta havaskor jamoa ishtirok etmoqda va kecha musobaqaning dastlabki tur bahslari bo‘lib o‘tdi. “SYNBAD” majmuasi mezbonlik qilayotgan ushbu bellashuvlarni O‘FA attestasiyasidan o‘tgan hakamlar boshqarib bormoqda.

Shuningdek, O‘FA mas’ul mutaxassislari Qarshi shahridagi “Geolog” sport majmuasida sohil futboli bo‘yicha O‘zbekiston chempionatini o‘tkazish bo‘yicha tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda.

Ma’lumot o‘rnida, sohil futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 2007-2015 yillar davomida barcha Osiyo chempionatlari ishtirok etgan. Bundan tashqari, terma jamoamiz 2008-2014 yillarda bo‘lib o‘tgan Osiyo o‘yinlarida ham qatnashgan.

Manba: Uzbekistan Football Association
Kiritildi: 16:56, 09.08.2021.
O'qildi: 2100 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик