Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/05 00:00 Kristal Pelas 4-0 Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill 3-4 Lion
07/05 18:00 Paxtakor 4-3 Metallurg
07/05 19:00 OKMK 3-4 Nasaf
08/05 00:00 PSJ 0-1 Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid - Bavariya

Parijliklarning hujum chizig‘i Yevropa maydonlarini yondiradi

Parijliklarning hujum chizig‘i Yevropa maydonlarini yondiradi

Baho:
+ | -

Argentinalik tirik afsona Leo Messi yaqindagina sensasion tarzda Pari Sen-Jermen klubiga ko‘chib o‘tdi. Eng qizig‘i, ushbu transfer mutlaqo bepul amalga oshdi. «Barselona» klubi nomi bilan yillar davomida sinonim so‘zga aylanib ketgan ismli futbolchi oxir oqibat «Nou Kamp»ni tark etishga majbur bo‘ldi. Bunga klub La Liga bilan kurashda maosh masalasidagi kelishmovchiliklarda yutqazganligi sabab bo‘ldi. Bir tomondan Messi vanihoyat yillar davomidagi sog‘inchini bosishga erishadi. Chunki u Kataloniya poytaxtida shonli davrini o‘tkazgan sobiq jamoadoshi Neymar bilan bir safda harakat qilish imkoniga ega bo‘ldi. Endilikda futbol muxlislari bir narsani hayrat ila kutadilar. U ham bo‘lsa so‘nggi o‘n yillikni eng yaxshi hujumchisi keyingi yillarni ehtimoliy porloq kelajakka ega bo‘lgan futbolchisi Mbappe bilan to‘p surishidir.

Endilikda «PSJ» klubi o‘z tarixidagi eng daxshatli hujum triosiga ega. Ammo bu trioda «Barsa»dagi yana bir raqiblar qo‘rqinchi bo‘lgan Luis Suarez bo‘lmaydi. Ana shuning uchun «Barselona»ning mashhur MSN quroli «PSJ»da MNMga o‘zgaradi. Chunki u yerda yangi porloq yulduz Mbappe bor. Messi Fransiyaga kelganidan so‘ng, ancha narsa o‘zgaradi. Xususan, kelganidan buyon tayinli o‘yin ko‘rsata olmagan Neymar qayta «tirilsa» ne ajab. Braziliyalik hujumchi 2017 yilda 222 million yevro evaziga transfer bo‘lganidan keyin, jarohatlar bilan kurashib vaqt o‘tkazdi. U shu paytgacha Fransiya chempionatida bir mavsumda 20 ta o‘yindan ko‘p bahsda maydonga tusha olmagan. O‘tgan mavsumda esa 18 ta liga o‘yinida penaltisiz 4 tagina golga mualliflik qila oldi, xolos. Shunday bo‘lsada, Neymar hali hamon raqib mudofaasini vahimaga sola oladigan jahon darajasidagi top futbolchi sanaladi.

Mbappe haqida ham shunday gaplarni aytishimiz mumkin. Fransiyalik Messidan farqli ravishda allaqachon o‘z mamlakati bilan Jahon chempioni bo‘lishga ulgurgan. Hujumchi parijliklar safida umumiy 171 ta bahsda 132 ta gol urishga muvaffaq bo‘lan. Bu o‘ta hayratlanarli natija sanaladi. Chunki u endigina 22 yoshda va eng gullagan oltin davri endi kelayotgan bo‘lishi, ehtimoldir. Mbappe dunyodagi eng yaxshi beshta o‘yinchidan biri hamda Neymar bilan yaxshi tandem hosil qila olgan.

Nisbatan yangi hisoblangan Messi esa butunlay boshqa dunyo. U butun faoliyati davomida bitta klubni yelkasida olib yurdi. Muvaffaqiyatlarining asosiy sababchilaridan biri bo‘ldi. Biroq xotima unchalik ham kutilgandek bo‘lmadi. Leo o‘tgan mavsum La Ligada penaltilar hisobga olinmaganda 27 ta gol urdi va 9 ta golga uzatmani aniq ijro etdi. Shunday bo‘lsa ham «Barsa»ning butun mavsumi davomida yig‘gan 79 ochkosi chempionlik uchun yetarli bo‘lmadi. Xulosa qilib aytganda Parij shahrida yangi davrni ochib beruvchi lahzalar boshlanmoqda. Bunda jamoadan mamlakat chempionligi, Yevropa chempionligi, kubok, superkubok hamda Jahon chempionligi kabi nomlar va sovrinlar kutiladi. Harxolda, endi muxlislarni bunga haqqi bor. Axir jamoada Messi borku!


Ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: 90min.com
Kiritildi: 17:59, 11.08.2021.
O'qildi: 5765 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.