Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

"Napoli" hujumchisi "Inter"ga o‘tishi mumkin

"Napoli" hujumchisi "Inter"ga o‘tishi mumkin

Baho:
+ | -

"Napoli" va Italiya terma jamoasi hujumchisi Lorenso Insinye faoliyatini "Inter"da davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi Sky Sport Italia nashri. Manbaga ko‘ra, futbolchi "Napoli"ning klub prezidenti Aurelio De Laurentis bilan ziddiyat tufayli shartnomani uzaytirish taklifini rad etgan.

Insinyening neapolliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022-yilning yozigacha mo‘ljallangan. Ma’lum bo‘lishicha, "Napoli" rahbariyati Insinyeni 30 million yevroga sotish variantini ko‘rib chiqmoqda.

Milanning "Inter" klubi forvard xizmatlariga qiziqish bildirgan.

Insinye o‘tgan mavsumda "Napoli" tarkibida barcha musobaqalarda 48 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol va 11 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan. Hujumchi Yevro-2020da Italiya terma jamoasi tarkibida o‘ynadi va jamoa bilan Yevropa chempioni bo‘ldi.

Kiritildi: 11:53, 12.08.2021.
O'qildi: 2065 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик