Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

APL. Chempionlikka asosiy nomzodlardan biri va g‘alabali seriya ko‘rsatayotgan klublar o‘rtasidagi bahs (prevyu)

APL. Chempionlikka asosiy nomzodlardan biri va g‘alabali seriya ko‘rsatayotgan klublar o‘rtasidagi bahs (prevyu)

Baho:
+ | -

Angliya chempionati 1-turida azaliy raqiblar - MYU va «Lids» klublari o‘zaro to‘qnashishadi.

Mazkur bahs haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishtirib o‘tamiz.

Bilasizmi?

"Manchester Yunayted" va "Lids Yunayted" Angliya chempionati birinchi o‘yinida 1970/71 yilgi mavsumdan beri ilk bor to‘qnash kelishmoqda. 49 yil oldin "Old Trafford"da o‘tgan bahsda «Lids» 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.

MYU oxirgi 5 mavsumda APLning birinchi uchrashuvlarida o‘z futbolchilari hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishgan - Zlatan Ibrahimovich (2016/17), Romelu Lukaku (2017/18), Lyuk Shou (2018/19), Daniyel Jeyms (2019/20) va Donni van de Bek (2020/21).

«Lids» 2001 yildan beri ilk marta ligada ketma-ket 5-o‘yinda g‘alaba qozonishi mumkin. Jamoa o‘tgan mavsumni qatorasiga 4 g‘alaba bilan yakunlagan edi.

«Lids» 1981 yil fevral oyidan beri "Old Trafford"da bo‘lgan "Manchester Yunayted"ga qarshi 16 uchrashuvda g‘alabasiz seriya qayd etib kelmoqda - 6 durang, 10 mag‘lubiyat. Ular boshqa stadionlarga (13) qaraganda aynan "Old Trafford"da g‘alabasiz eng ko‘p APL o‘yinlarini o‘tkazishgan.

Bahs rasmiylari

Bosh hakam: Pol Tirni

Qanot hakamlari: Konstantin Hatzidakis, Nil Deyvis

Zaxira hakami: Entoni Teylor

VAR: Kris Kavenag

VAR yordamchisi: Li Bits

Taxminiy tarkiblar

MYU - De Xea, Van-Bissaka, Maguayr, Lindelyof, Shou, Matich, Pogba, Fernandesh, Jeyms, Grinvud, Marsyal

Lids - Mesliyer, Ayling, Strujik, Kuper, Dallas, Rafinya, Rodrigo, Kox, Klix, Harrison, Bemford

Yo‘qotishlar

MYU - Markus Reshford, Aleks Telles (jarohat), Edinson Kavani, Rafael Varan, Din Henderson, Fil Jons (formada emas), Jessi Lingard (boshqa sabab), Amad Diallo, Erik Bayi (xalqaro ishtirokdan keyin ta’tilda)

Lids - Diyego Lyorente, Junior Firpo, Jeymi Sheklton (jarohat so‘roq ostida)


Raqamlar

"Manchester Yunayted" Premyer-Liga doirasidagi oxirgi 32 uchrashuvning 29 tasida mag‘lub bo‘lmagan.

«Lids» APLning so‘nggi 4 o‘yinida faqat g‘alaba qozongan.

«Lids» oxirgi 4 APL uchrashuvida kamida ikkitadan gol urgan.

Eslatib o‘tamiz, APL yangi mavsumining birinchi turidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted" va «Lids» klublari o‘rtasidagi bahs 14 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 16:30 da boshlanadi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 16:30, 13.08.2021.
O'qildi: 3091 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик