Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Varan "dunyoda so‘nggi 10 yil ichidagi eng yaxshi himoyachilardan biri" sifatida

Varan "dunyoda so‘nggi 10 yil ichidagi eng yaxshi himoyachilardan biri" sifatida

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi a’zosi Rafayel Varan yakshanba kuni "Real"dan "MYU" safiga o‘tganligi e’lon qilindi. Ushbu transfer klub tarixidagi eng qimmat o‘ninchi xarid sifatida amalga oshirildi. Fransuz himoyachisi yangi mavsumning ilk o‘yinida, "Old Trafford"da "qizil iblislar" "Lids" ustidan 5-1 hisobida g‘alaba qozongandan sal oldin ommaga rasman tanishtirildi. "Real" safida to‘rt marta YECHL kubogini qo‘lga kiritgan himoyachi 4 yillik shartnoma bilan Angliyaga tashrif buyurdi. Klub uchun 42 million funtga tushgan Varan hammasi risoladagidek ketsa, 2025 yilning yozigacha jamoa bilan birga bo‘ladi. Uning kelishi, jamoaning o‘ninchi qimmat futbolchisi sifatida tarix zarvaraqlariga yoziladigan bo‘ldi. Bu borada Pol Pogba haliham yetakchi o‘rinni band etgan. Jeydon Sancho xaridi esa, 73 million funt qiymat bilan to‘rtinchi pog‘onaga joylashdi.

Varan transferi e’lon qilinganidan so‘ng, matbuot anjumani tashkil etildi. Unda himoyachi yangi joyga kelganidan hursandligini bildirib, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. U bilan suhbat klub rasmiy sahifasida e’lon qilindi. Varan bu haqida shunday deydi: "Baralla aytishim mumkinki, "Manchester Yunayted" dunyodagi eng mashhur va afsonaviy klublardan biri sanaladi. Menga bu klubga qo‘shilish va APLda to‘p surish imkoniyati berilganida, buni inkor qila olmadim. O‘z faoliyatimda hali erishmoqchi bo‘lgan yutuqlarim bisyor. Ushbu jamoaga qo‘shilishim esa, meni bu narsaga bir qadam yaqinlashtiradi deb o‘ylayman. Klub tarkibida o‘yinlarni yutishga chanqoq, sovrinlarga ega chiqishga qodir futbolchilar borligini ko‘rdim. Men ular bilan bir safda harakat qilishdan xursandman. Sulsher haqida gapirilganda, men uning so‘nggi bir necha mavsumlarda klubni yuksaltira olganini ko‘rdim. Aytishim mumkinki, jamoaga qo‘shildim va hoziroq yuqori darajada o‘ynashga tayyorman. Men bu yerdagi voqealarga ijobiy ta’sir etishni istayman va klubning shonli tarixiga kirish uchun borimni berishga harakat qilaman".

Rafayel Varanning transferi haqida, shuningdek, klub menejeri Ole-Gunar Sulsher ham fikr bildirdi. U shunday deydi: "Men dunyo futbolida so‘nggi 10 yildagi eng yaxshi himoyachilardan birining xaridini amalga oshirishni uddasidan chiqqanimizdan benixoya xursandman. Rafayel o‘z qobiliyati bilan hurmatga sazovor o‘yinchilar qatorida bo‘lgan. Biz uni proffesionalizmga o‘zini qanchalik baxsh etganligini juda yaxshi bilamiz. Hozirga kelib, jamoamiz tarkibida ajoyib baynalmilal himoyachilar guruhi to‘plandi. Varan tarkibga o‘z tajribasi va yetakchilik xususiyatlarini qo‘sha olishiga ishonaman. U top darajadagi noyob himoyachi sanaladi. O‘ylaymanki, o‘z harakatlarini yosh futbolchilarga ham yuqtira oladi. Varan g‘alaba yo‘lida borini berishga qodir futbolchi va shu sabab muvaffaqiyatlarga erishishi oson kechadi. Uning kelgusidagi faoliyatiga faqat omad tilayman va jamoamizda ko‘rganimdan mamnunman".

Rafayel Varan uzoq yillar davomida qirollik klubi sharafini himoya qildi va bir nechta sovrinlarga ega bo‘ldi. Shuningdek, u Rossiyada Jahon chempioni maqomiga erishgan edi. Biz ham futbolchiga yangi klubda yangi zafarlar tilab qolamiz.

Jaloliddin ISMATOV tayyorladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:30, 15.08.2021.
O'qildi: 3816 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.