Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/07 06:00 Argentina 1-1 Ekvador
05/07 21:00 Ispaniya 2-1 Germaniya
06/07 00:00 Portugaliya 0-0 Fransiya
06/07 06:00 Venesuela - Kanada
06/07 21:00 Angliya - Shveysariya
07/07 00:00 Niderlandiya - Turkiya
07/07 03:00 Kolumbiya - Panama
07/07 06:00 Urugvay - Braziliya

«Barselona» Lionel Messining hurmati uchun 10-raqamni muomaladan chiqaradimi?

«Barselona» Lionel Messining hurmati uchun 10-raqamni muomaladan chiqaradimi?

Baho:
+ | -

Lionel Messi «Barselona»ni tark etdi. U 21 yil davomida «Barselona» bilan yashadi. 10-raqam esa Lionel Messining «Barselona»dagi imijining muhim bir qismi edi. 2008 yilda Ronaldinyo klubdan ketganidan beri Leo ushbu raqam ostida o‘ynab kelardi.

«Messi faoliyatini tugatgach, bu yaqin orada bo‘lmaydi deb umid qilaman, «Barselona» 10-raqamga hech kim tegmasligi uchun uni muomaladan chiqarishi kerak», — degandi braziliyalik afsonaviy futbolchi 2018 yilda The Sun nashriga bergan intervyusida.

«Barselona»da 10-raqamli futbolkada boshqa birovni ko‘rish g‘ayrioddiy bo‘ladi, lekin buni chetlab o‘tish deyarli ilojsiz. La Liga qoidalari tufayli Messining qadrdon raqamini abadiy saqlab qolish qiyin.

Ispan klublarining La Liga uchun qaydnomasi 25 futbolchidan iborat bo‘lishi kerak. Ushbu futbolchilarning har biri 1 dan 25 gacha bo‘lgan raqamlarni tanlashi mumkin. Darvozabonlar esa 1, 13 yoki 25-raqamlarini tanlay oladi. Qolgan raqamlar maydondagi o‘yinchilar uchun. Kamdan kam holatlarda, akademiyadan endigina kelgan futbolchilarga 26 dan 50 gacha bo‘lgan raqamlarni olishga ruxsat beriladi.

«Barselona» veb-saytida o‘yinchilarning raqamlari ham ko‘rsatilgan. Birinchi jamoada hozir 24 futbolchi bor. Faqat 10, 24 va darvozabonlar uchun mo‘ljallangan 25-raqamlar (hozirda «Barselona»da ikki nafar posbon bor — Mark Andre ter Shtegen va Neto) bo‘sh. Shu bilan birga o‘tgan mavsumda asosiy jamoaga o‘tgan Oskar Mingesa hozircha 28-raqamda ko‘rsatilgan. Katta ehtimol bilan himoyachi yangi mavsumdan ancha an’anaviy raqamda harakat qilsa kerak.

Jamoaga yangi kelganlar esa quyidagi raqamlarni olgan: Memfis Depay — 9 (Martin Breytueytning o‘tgan mavsumdagi raqami, daniyalik hozir 12-raqamda), Serxio Aguero — 19, himoyachi Emerson — 22, «Manchester Siti»dan kelgan Erik Garsiya esa hozircha raqamsiz.

Zamonaviy «Barselona» uchun afsonaviy hisoblangan 6 va 8-raqamli futbolkalar ham o‘z egalarini topgan — ularni Rikard Puch (6) va Miralem Pyanich (8) tanlagan.

Xo‘sh, 10-raqamning yangi egasi kim bo‘ladi?

10-raqamni muomaladan chiqarish yo‘li ham bor, ammo bu juda katta tavakkalchilik bo‘ladi. Agar bir o‘yinchi mavsum qaydnomasidan chetlatilsa, raqamni muomaladan chiqarish mumkin bo‘ladi. Shunda qaydnomada 24 nafar o‘yinchi qoladi, bo‘sh qolgan raqamni esa ishlatmasa ham bo‘ladi. Xuddi shu ishni «Espanyol» amalga oshirgandi, jamoa 2009 yilda fojiali tarzda vafot etgan himoyachi Daniel Xarke xotirasi uchun 21-raqamni muomaladan olib tashlagan.

Bu holatda «Barselona» har mavsumda qaydnomada bitta bo‘sh joy bilan qolishi kerak bo‘ladi. Biroq raqobat darajasi va potensial jarohatlar hisobga olinsa, bu juda katta xavfdir.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 07:00, 16.08.2021.
O'qildi: 6050 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.